Markaziy bank 2025 yilning avgust oyidagi inflatsiya körsatkiçlarini e’lon qildi.

Umumiy yillik inflatsiya 2022 yilda 12,3 foiz bölgan; 2023 yilda pasayib, 8,8 foiz, 2024 yilda biroz oşib, 9,8 foiz, 2025 yil avgust holatida yana 8,8 foizga tuşgan.

Narxi 10 foizdan yuqori oşgan tovar va xizmatlarning uluşi kamaygan, bunda:

  • 2022 yilda - 52 foiz;
  • 2023 yilda - 25 foiz;
  • 2024 yilda - 22 foiz;
  • 2025 yilda - 18 foiz.

Bu umumiy inflatsiya pasayiş trendiga egaligi va “yuqori inflatsiyali” elementlar soni kamayganini körsatadi. Natijada avvalgi yillardagi narx şoklari susaygan.

Oziq-ovqat mahsulotlari (eng katta özgarişlar)

Infografikaga köra, ba’zi oziq-ovqatlar narxi sezilarli darajada pasaygan, boşqalari esa keskin oşgan:

Avgustda qovoq (-52,8 foiz), uzum (39,5 foiz), pomidor (34,7 foiz), guruç (-17,8 foiz), olma (-16,6 foiz) va bodring (-15,3 foiz) narxlari pasaydi.

Hisobot davrida oziq-ovqatlar tarkibida sabzi (69,1 foiz) karam (46,5 foiz) va piyoz (40,1 foiz) narxi eng tez ösgan mahsulot böldi. Bundan taşqari, quyidagi mahsulotlar narxlari ham sezilarli qimmatlagan:

• Paxta moyi (yoki ösimlik yoği): +39,4 foiz

• Kartoşka: +32,0 foiz

• Qöy göşti: +28,5 foiz

Nooziq-ovqat tovarlar (maişiy va sanoat tovarlari)

Avgustda nooziq-ovqat mahsulotlari narxi biroz pasaygan. Xususan, propan -6,1 foizga, qoğoz A4 -4,6 foizga, oşxona texnikasi -3,3 foizga arzonlagan.

Oltin narxlari global bozorda rekord darajada qimmatlaşi zargarlik buyumlarida ham aks etgan – nikoh uzugi 33,2 foizga qimmatladi.

Nooziq-ovqat mahsulotlari tarkibida metan narxi 31 foizga, gazeta, 15,3 foizga, benzin 11,1 foizga, atir sovun 10,1 foizga, vitaminlar 9,9 foizga oşdi.

Xizmatlar

Avgustda pul ötkazmalari uçun haq tölaş narxlari 0,3 foizga, nodavlat OTMda öqiş 1,3 foizga, simli internet 1,8 foizga arzonladi.

Avgustda narxi eng tez ösgan xizmat haydovçilik kurslari böldi – hisobot davrida bu xizmat narxi 71,3 foizga oşdi. Şuningdek, içki yölovçi havo transporti xizmatlari 59,5 foizga, tarmoq gaz 39,2 foizga, sovuq suv 34,1 foizga, çiqindi taşiş 23,9 foizga, davlat boğçalari xizmatlari 21 foizga qimmatladi.

Yuqori inflatsiyali elementlar

Yillik narx ösişi 10 foizdan past bölgan mahsulotlar oziq-ovqat mahsulotlarida 83 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlarida 96 foiz va xizmatlarda 42 foizni taşkil qiladi. Raqamlar xizmatlar guruhida yuqori inflatsiyali elementlar eng yuqori körsatkiçga ega ekanini körsatmoqda – 48 foiz.