Röyxatga olişning asosiy maqsadlari:

  • mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini belgilaş uçun 38 million aholining tarkibi va migratsiyasi, oilaviy holati, faoliyat turi, daromad manbalari töğrisida Yevropa statistiklari konferensiyasining 2020 yildagi tavsiyalari asosida yagona ma’lumotlar bazasini şakllantiriş;
  • 26 million gektar yerlardan foydalaniş holatini örganiş, çorva mollari va parrandalar sonini aniqlaş yöli bilan qişloq xöjaligiga yillik yönaltirilayotgan 25,6 trln söm, jumladan 2,2 trln söm budjet mablağlarining samarali sarflanişini ta’minlaş, sohadagi xizmatlar hajmini aniqlaş va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş uçun zarur ma’lumotlar bazasini yaratiş;
  • aholi va qişloq xöjaligining ösiş tendensiyalarini hududlar kesimida aniq hisob-kitob qilgan holda ijtimoiy soha obektlarini kengaytirişga yillik yönaltirilayotgan 25,2 trln sömning manzilli sarflanişi;
  • xalqaro darajada qiyoslanuvçi ma’lumotlarni şakllantiriş orqali mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro reytinglardagi örnini yaxşilaş.

Aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş 2026 yil 15 yanvardan 28 fevralga qadar ötkaziladi. Röyxatga olişni taşkil etiş böyiça respublika komissiyasi tarkibi va hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi tasdiqlandi.

Röyxatga olişni ötkaziş uçun "mahalla yettiligi" xodimlari jalb etiladi, ularga planşetlar beriladi. Röyxatga olişga jalb etiladigan xodimlar uçun ularning asosiy iş joyi, lavozimi va örtaça iş haqi saqlanadi, ular "Özbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlaş" loyihasi doirasida MHTEKMning bir yarim baravari miqdorda (soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni inobatga olgan holda) bir martalik rağbatlantiriladi.

Davlat organlari va taşkilotlar öz xodimlarini census.stat.uz portalida internet orqali röyxatga olişni ötkazadi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barça örta maxsus va kasbiy ta’lim taşkilotlari, şuningdek davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalarini census.stat.uz portalida röyxatga olişni ötkazadi.

Qişloq xöjaligi vazirligi Fermerlar kengaşi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari, şuningdek tuman (şahar)lar bilan birgalikda yuridik şaxs taşkil etgan fermer va dehqon xöjaliklari, asosiy faoliyati qişloq xöjaligi bölmagan qişloq xöjaligi yerlaridan foydalanuvçi korxona va taşkilotlarni internet orqali röyxatga olişni ötkazadi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Mudofaa vazirligi, FVV, Milliy gvardiya, IIV, DXX, TIV, Soğliqni saqlaş vazirligi va Din işlari böyiça qömitaga 2025 yil 1 noyabrdan boşlab aholining ayrim toifalarini röyxatga olişni taşkil etiş (röyxat böyiça) yuzasidan topşiriq berildi.