Özbekistonda 2026-yil 15-oktabridan 30-noyabriga qadar biznesni röyxatga oliş tadbiri ötkaziladi. Bu haqdagi taklifni prezident Şavkat Mirziyoyev maʼqulladi.
“Bugungi kunda kuzatilmaydigan iqtisodiyot uluşi 23 foizni yoki 246 trillion sömni taşkil etmoqda. Qişloq xöjaligida umumiy aylanmaning 60 foizi uşbu sektor hissasiga töğri keladi.
Mehnat bilan band bölgan 15,2 million aholining 6,5 millioni yoki 42 foizining daromadlari rasmiy hisobda töliq aks etmayapti. Röyxatdan ötgan köplab kiçik va örta biznes subyektlari amalda işlamaydi yoki faoliyatini töxtatgan.
Mazkur holat halol işlayotgan va soliq majburiyatlarini töliq bajarayotgan korxonalar uçun nosoğlom raqobat muhitini yuzaga keltirmoqda. Har 4-5 sömlik iqtisodiy aylanmaning 1 sömi rasmiy statistika eʼtiboridan çetda qolmoqda. Uşbu faoliyatni tartibga soliş byudjetga qöşimça önlab trillion söm tuşum taʼminlaş va kelgusida soliq yukini kamaytiriş imkonini beradi.
Şu munosabat bilan joriy yilning 15-oktabridan 30-noyabriga qadar biznesni röyxatga oliş tadbirini ötkaziş taklifi maʼqullandi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Qayd etilişiça, biznesni röyxatga oliş doirasida mamlakatda faoliyat yuritayotgan barça iqtisodiy birliklar xatlovdan ötkazilib, subyektlarning holati, tarkibi va iqtisodiyot tarmoqlari böyiça taqsimotiga aniqlik kiritiladi. Korxona va taşkilotlar töğrisidagi statistik registrlar yangilanib, tanlanma kuzatuvlar uçun işonçli asos yaratiladi.

Aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş yakunlari
Yiğilişda davlat rahbariga joriy yilda ötkazilgan aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş natijalari böyiça axborot berildi.
Dastlabki natijalarga köra, yurtimizda doimiy aholi soni 39 million 47 ming nafarni taşkil etdi. Amaldagi hisobda aks etmagan 810,6 ming nafar aholining yaşaş manzili va ijtimoiy maqomiga aniqlik kiritildi.
Amaldagi maʼlumotlar bilan soliştirganda Jizzax viloyati aholisi 2,7 foiz, Namanganda 1,3 foiz, Surxondaryoda 0,9 foiz va Qaşqadaryoda 0,7 foiz kam ekani aniqlandi. Buxoro viloyatida körsatkiç deyarli özgarmagan, boşqa hududlarda esa ösgan. Xususan, Toşkent tumani aholisi avvalgi hisobga nisbatan 1,6 barobar köp, Andijon şahrida esa 15,8 foiz kam ekani maʼlum böldi.













