Migratsiya mintaqa rivojiga sezilarli ta’sir körsatadigan tabiiy ijtimoiy-iqtisodiy hodisa ekani qayd etildi. Bunda migratsiyani adolatli va xavfsiz boşqariş faqat mustahkam qonunçilik bazasi, samarali institutlar va siyosiy iroda mavjud bölgandagina mumkinligi ta’kidlandi.
Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi raisi örinbosari Odiljon Mamatkarimov öz ma’ruzasida Özbekistonda mehnat migrantlari huquqlarini ta’minlaş va ular faoliyati uçun xavfsiz şaroitlar yaratiş böyiça körilayotgan çora-tadbirlarga batafsil töxtalib ötdi.

Mamlakatda 20 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingani, şuningdek, Migratsiya masalalari böyiça respublika komissiyasi, Migratsiya jamğarmasi va Migratsiya agentligi samarali faoliyat yuritayotgani ta’kidlandi. Özbekiston qonuniy va uyuşgan mehnat migratsiyasiga tizimli yondaşuvni joriy etib, Xalqaro mehnat taşkiloti bilan hamkorlikni izçil rivojlantirmoqda. Kadrlar tayyorlaş markazlari taşkil etildi, fuqarolarni moliyaviy va huquqiy qöllab-quvvatlaş çoralari kengaytirildi, çet elda işga joylaşiş geografiyasi kengaymoqda.
Fuqarolarning huquq va manfaatlari, ular qaysi mamlakatda bölişidan qat’i nazar, himoya qilinişi kerak, degan prinsipial pozitsiyaga urğu berildi. 2020–2024 yillarda mehnat huquqlarining buzilişi holatlari böyiça Özbekistondan 14 mingga yaqin migrant foydasiga 6 mln AQŞ dollaridan ortiq mablağ undirilgan.












