Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 23 sentabr kuni Nyu-York şahrida BMT Boş assambleyasining sessiyasi doirasida Koreya Respublikasi prezidenti Li Çje Myon bilan uçraşuv ötkazdi.
Özbekiston-Koreya alohida strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş va köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqildi.
Keyingi yillarda özaro hamkorlikda katta yuksalişga erişilgani, barça darajalardagi almaşinuv va muloqotlar jadallaşgani qayd etildi.
Özaro savdo körsatkiçlari barqaror oşib bormoqda. Koreya kompaniyalarining Özbekiston iqtisodiyotiga töğridan töğri investitsiyalari hajmi 8 milliard dollardan oşdi.
Koreya yetakçi oliy ta’lim muassasalarining 4 ta filiali, mamlakat hududlarida professional ta’lim markazlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi, Koreya Eksimbanki va uning fondlari bilan köp yillar davomida samarali şeriklik qilib kelinayotgani, loyihalarning umumiy portfeli 3,5 milliard dollarga yetganiga yuksak baho berildi.
Muhim xomaşyo resurslarini çuqur qayta işlaş, kimyo, maşinasozlik, qişloq xöjaligi, transport, aviatsiya, biotexnologiyalar va boşqa ustuvor yönalişlardagi loyihalarni ilgari surişni nazarda tutadigan yangi uzoq muddatli texnologiya va sanoat şerikligi dasturini tayyorlaş yuzasidan kelişuvga erişildi.
Şu ma’noda, hukumatlararo komissiyaning bölajak yiğilişini samarali qilib ötkaziş muhimligi qayd etildi.
Mintaqaviy, şu jumladan "Markaziy Osiyo - Koreya Respublikasi" formatida hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuv yakunida davlat rahbari Koreya prezidentini davlat taşrifi bilan Özbekistonga kelişga taklif etdi.









