Tariximizning eng qora kunlari - 1937-1938 yillar, ya’ni qatağon davri ekani şubhasiz. Bu yillarda millatning eng ziyoli farzandlari yöq qilindi. Özlikni yöqotiş uçun qanday tubanliklar bölsa, barçasi amalga oşirildi. Xalqning eng sof insonlari «xalq duşmani» deb e’lon qilindi.

Uluğlarimiz orasida özbek adabiyotining yulduzi, jadidçilik harakatining yirik vakili Abdulla Qodiriy ham bor edi.

Bugun «5 daqiqa»da Nabijon Boqiyning hujjatli qissasi - «Qatlnoma» haqida söz boradi.

Qatağonning qora soyasi

«Qatlnoma» - oddiy hujjatli qissa emas. Unda bir paytlar barçani qörqitgan Davlat xavfsizligi qömitasi seyflarida «maxfiy» deb saqlangan jinoyat işlari, şikoyat xatlari va guvohlik körsatmalari asosida voqealar qayta tiklanadi.

Abdulla Qodiriyning öğillari - Mas’ud va Habibullaning arizalari, ularning körsatmalari va zamondoş yozuvçilarning guvohliklari orqali Qodiriy qismati oçiladi.

Har bir hujjat orqali katta haqiqat yuzaga çiqadi: Qodiriyga qöyilgan «millatçi», «aksilinqilobçi» degan ayblovlar mutlaqo asossiz bölgani isbotlanadi.

«Qatlnoma»ning asosiy ğoyasi - adolat va haqiqat uçun kuraş. Muallif hujjatlar orqali körsatadiki, totalitar tuzum inson taqdirini bir qoğoz bilan hal qilgan, asossiz ayblovlar bilan minglab ziyolilarni yöq qilgan.

Qodiriyning «aybi» esa bitta edi: u haqiqatni yozdi, xalqni uyğotdi, millat ğururini asarlarida jonlantirdi. Şuning uçun ham uni «millatçi» deb ayblab, qamadilar va oxir-oqibat otdilar.

Siz oqlovçisiz yoki... qoralovçi

Nabijon Boqiyning maqsadi - faqat Qodiriy taqdirini oçiş emas, balki butun bir avlod - özbek ziyolilarining yöqotilişiga guvoh qilişdir.

Muallif öquvçiga murojaat qiladi: “Kamina hujjatlarga tilmoç böldim; haqiqiy oqlovçi esa - sizsiz, aziz öquvçi. Lekin, qiliçini yalanğoçlab turgan hakam misoli hukm çiqarişga şoşilmang: avval yetti marta ölçang, birni körib fikr qiling, birni körib - zikr…”

Bu murojaat öquvçini tomoşabin emas, balki tarixiy jarayonning iştirokçisiga aylantiradi.

Qörquv va yolğon