Özbekiston tibbiyoti tarixida ilk bor bemorga bir vaqtning özida jigar va buyrak muvaffaqiyatli köçirib ötkazildi. Bu haqda “Sevimli” telekanalida xabar berildi.
Milliy tibbiyot markazida ötkazilgan murakkab jarrohlik amaliyoti jigar sirrozi va surunkali buyrak yetişmovçiligining terminal bosqiçidan aziyat çekkan, tört yil davomida gemodializ olgan bemorda bajarildi.
Şifokorlarning taʼkidlaşiça, bunday holatda faqat jigar yoki faqat buyrakni köçirib ötkaziş yetarli natija bermasligi mumkin. Şu sababli ikkala organni bir vaqtning özida transplantatsiya qiliş bemorning hayotini saqlab qoliş imkonini beradigan yagona yeçim sifatida körildi.











