AQŞ rasmiylari Özbekistonni mamlakat mintaqaviy manfaatlarini himoya qilişda yordam beradigan yagona mamlakat deb hisoblaşmoqda. Politico naşri Vaşington va Toşkent örtasida yaqinroq aloqalar örnatiş borasidagi işlar ança çuqurlaşgani va AQŞ parlamentida Özbekistonning döstlari ortib borayotgani haqda xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, oktabr oyi davomida Pentagon rasmiylarining Özbekistonga taşrifi kutilmoqda va xavfsizlik sohasida özaro hamkorlik qiliş masalalari muhokama qilinadi. Taşrif davomidagi asosiy masala AQŞning terrorizmga qarşi kuraş kuçlarini «ufqda» joylaştiriş imkoniyatlarini muhokama qiliş böladi. Bu AQŞ harbiylariga Afğonistondagi nişonlarni kuzatişni osonlaştiriş va möljallarga zarba berişini yengillaştiriş imkoniyatlarini yaratadi.
Qayd etilişiça, Bayden ma'muriyati Özbekiston va Afğoniston bilan çegaradoş boşqa davlatlar bilan bir neça oydan beri muzokaralar olib bormoqda. AQŞ rasmiylarining ma'lum qilişiça, Afğonistondan mamlakat harbiylari çiqib ketgaç, Qöşma Ştatlar taşqi siyosatida Özbekiston muhim rol öynay boşlagan.
Şuningdek, Özbekiston Afğoniston bilan özaro çegaradoş mamlakat ekani sabab qoçqinlar masalalari va Amerika qöşinlarini qabul qiliş borasida muhim ahamiyat kasb etişi va muzokaralar uçun oçiq mamlakat ekaniga işonişmoqda. Ular Özbekistonni AQŞning mintaqaviy manfaatlarini himoya qilişda yordam beradigan yagona mamlakat deb bilişmoqda.
Bunga sönggi paytlarda AQŞ kongressi va boşqa idoralari vakillarining Özbekistonga taşriflari faollaşgani misol sifatida keltirilgan.
AQŞ Vakillar palatasining Taşqi işlar qömitasi a'zosi Avgust Plfyuger sözlariga köra, potensial terrorçilar bilan geografik yaqin döst mamlakatning bölişi taktik va strategik jihatdan muhimdir.
Ikkala mamlakat örtasida aloqalarning rivojlanişida Özbekistonning AQŞdagi elçixonasi ham e'tirof etilgan.
Vakillar palatasi a'zosi Don Bekon Özbekistonning Vaşingtondagi vakolatxonasini «men körgan eng faol elçixonalardan biri» deya ta'riflagan. The Humpty Dumpty Institute direktori Jozef Merant esa «Özbekiston elçixonasi biz işlagan eng professional va faol elçixonalardan biri» deya e'tirof etgan.
Naşr bu sa'y-harakatlar öz samarasini berayotgani, Özbekiston taşqi işlar vaziri allaqaçon AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken va mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uçraşuvlar ötkazgani haqida yozgan.

















