Eron parlamenti mamlakatning Yadro qurollarini tarqatmaslik töğrisidagi şartnomadan çiqişini nazarda tutuvçi qonun tayyorlamoqda. Iyun oyida Isroil va AQŞning Eron yadro inşootlariga bergan zarbalari va "Yevrouçlik" (Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya) tomonidan BMT sanksiyalari qayta tiklanganidan keyin Tehron parlamenti mamlakatning şartnomaga a’zoligida davom etişi uçun heç qanday sabab körmayapti, deya ogohlantirdi parlament xavfsizlik qömitasi matbuot kotibi Ibrohim Rizoiy. Uning 29 sentabr, duşanba kungi bayonoti Islom inqilobi muhofizlari korpusiga aloqador Tasnim axborot agentligi tomonidan keltirildi.

Rizoiyning sözlariga köra, şartnomadan çiqiş böyiça 15 ta qonun loyihasi taqdim etilgan va ulardan biri allaqaçon işlab çiqilgan. Biroq hujjat hali Eron parlamentining rasmiy kun tartibiga kiritilmagan. Rizoiyga köra, buning amalga oşişi uçun parlament a’zolari hali «konsensus»ga kelişi kerak. Eron parlamentida mamlakat prezidenti Mas’ud Pezeşkiyonning diplomatik kursini keskin tanqid qilgan qattiqqöl tarafdorlar köp. U va Eron taşqi işlar vaziri Abbos Arağçi şartnomadan çiqişga qarşi va BMT sanksiyalari tiklanganidan keyin ham diplomatik yeçim ustida işlaşda davom etişini bildirmoqda.

Eron konstitutsiyasiga köra, strategik masalalarda sönggi söz oliy rahbar oyatulloh Ali Xomanaiyga tegişli. Kuzatuvçilarning fikriça, u şartnomadan çiqiş töğrisidagi qonun loyihasi qabul qilinişidan oldin uni tasdiqlaş kerak, deya xabar beradi dpa.