Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Rossiyaning «soyadagi» tankeri ekipaji ikki a’zosini qo‘lga oldi
Fransiya g‘arbida langar tashlagan Boracay tankeri «jiddiy qoidabuzarliklarda» gumon qilinmoqda, dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron. U kemaning Daniyada uchuvchisiz uchoqlar parvozidagi ishtirokini tasdiqlamadi.
Fransiya hukumati Yevropa Ittifoqi Rossiya tomonidan G‘arb sanksiyalariga zid ravishda neft sotish uchun foydalanilgan «soya floti»ning bir qismi deb hisoblagan Boracay tankeri ekipajining ikki a’zosini hibsga oldi. Bu haqda 1 oktyabr, chorshanba kuni Fransiyaning Brest shahri prokurori Stefan Kellenbergerga asoslanib, AFP axborot agentligi xabar berdi.
Xabar qilinishicha, qo‘lga olinganlar o‘zlarini kema kapitani va birinchi yordamchisi deb tanishtirgan.
Benin bayrog‘i ostidagi Boracay tankerining harakatlarini tahlil qilgan jurnalistlar u 22-25 sentabr kunlari Daniya qirg‘oqlari yaqinida bo‘lganini aniqladi. 22 sentabrdan so‘ng Daniya osmonida noma’lum dronlar, jumladan qirollikdagi harbiy obektlar ustida ham kuzatilgan. Natijada mamlakatdagi bir qancha aeroportlar yopildi, 29 sentabrdan 3 oktyabrgacha Daniyada fuqarolik dronlari parvoziga taqiq joriy etildi.
1 oktyabr kuni Fransiyaning RFI nashri, shuningdek, Rossiyaning «soya floti»ga tegishlilikda gumon qilinayotgan, Pushpa va Kiwala nomi bilan ham tanilgan Boracay tankeri yaqinda Daniya uzra uchuvchisiz uchoqlar parvoziga aloqadorlikda gumon qilinayotgani haqida xabar berdi.
Mavzuga oid
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026