Nobel qömitasi fiziologiya va tibbiyot böyiça mukofot sovrindori Fred Ramsdell bilan boğlana olmadi, çunki u «sivilizatsiyadan yiroqda yaxşiroq hayot keçirmoqda». Bu haqda AFP’ga Ramsdell işlaydigan Sonoma Biotherapeutics laboratoriyasi hammuassisi va olimning dösti Jyeffri Blyustoun ma’lum qildi.

Fiziologiya va tibbiyot böyiça Nobel mukofoti laureatlari 6 oktyabr kuni e’lon qilindi. Ular Meri Brankov, Fred Ramsdell va Şimon Sakaguçi edi. Ular «periferik immunologik tolerantlik böyiça kaşfiyotlar uçun» mukofotga sazovor bölişdi.

Biroq, qömita Ramsdell bilan boğlanib, unga bu xabarni yetkaza olmadi, çunki u «raqamli detoksikatsiya» qilib, Aydaho ştati böylab sayohatga çiqib ketgandi.

«Özim u bilan boğlanişga harakat qildim. Öylaşimça, u ryukzagi bilan Aydahodagi kimsasiz joylarga sayohat qilmoqda», – dedi Blyustoun.

AFP’ning yozişiça, Nobel qömitasi Meri Brankov bilan boğlanişga uringanida ham muammoga duç kelgan – çunki u AQŞning Ğarbiy sohil qismida yaşaydi va Stokholm bilan vaqt farqi töqqiz soatni taşkil qiladi.

«Men ulardan [Ramsdell va Brankovdan] imkon bölsa, qayta qönğiroq qilişni söradim», – dedi Nobel qömitasi kotibi Tomas Perlman matbuot anjumanida.

Keyinroq Perlman rafiqasi bilan sayohat qilayotgan Ramsdell bilan suhbatlaşişga muvaffaq bölganini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, olimning rafiqasi qöl telefonini yoqqanida yangiliklardan xabar topgan. Öşanda ayol qattiq qiçqirib yuborgan.

«Avvaliga u turmuş örtoği grizli ayiğini körib qolgan deb öylagan. Ammo bunday emasdi – missis ÖNilning telefoni signal tutgan va u bir xil mazmundagi yangiliklar oqimiga guvoh bölgan», – deya yozadi NYT.

Ramsdell dastlab bu xabarlarga işonmagan, Perlman esa birinçi urinişdan yigirma soat ötgaçgina u bilan gaplaşa olgan.