Insoniyat tarixida yangi davr boşlandi – bu global boğliqliklar davri. Bundan keyin xavfsizlikni ta’minlaş, rivojlaniş va raqobatdoş böliş uçun katta hamjamiyatlar şakllantira oliş, kuçlarni birlaştiriş va qudrat yarata oliş – hal qiluvçi omil böladi.
7 oktyabr kuni Ozarboyjonning Gabala şahrida Turkiy Davlatlar Taşkilotining 12-sammiti bölib ötdi. Unda, taşkilotga a’zo Özbekiston, Ozarboyjon, Turkiya, Qozoğiston va Qirğiziston prezidentlari hamda kuzatuvçi davlatlar hisoblanmiş Turkmaniston Xalq Maslahati raisi, sobiq prezident Berdimuhammedov hamda Vengriya boş vaziri Viktor Orban iştirok etdi.
Sammitning nomi “Mintaqaviy tinçlik va xavfsizlik” deb nomlandi. Bunday nomlaniş mintaqadagi beqarorlik va geosiyosiy zöriqişlarga işora edi. TDT raisligi Qirziğistondan Ozarboyjonga ötdi. Kelasi sammit Turkiyada bölib ötişi, norasmiy sammit esa Qozoğistonda rejalangani bildirildi.
Şu örinda har qanday oddiy özbekistonlikda “nega bu kabi taşkilot kerak?” degan oddiy savol tuğilişi tabiiy.
Insoniyat tarixida yangi davr boşlandi – bu global boğliqliklar davri. Bundan keyin xavfsizlikni ta’minlaş, rivojlaniş va raqobatdoş böliş uçun katta hamjamiyatlar şakllantira oliş, kuçlarni birlaştiriş va qudrat yarata oliş – hal qiluvçi parametr hisoblanadi. Birlaşuv uçun eng kuçli va tabiiy platforma esa bu özliklar hisoblanadi. Özliklar – muştarak til, tarixiy boğliqlik, diniy birlik yoki yaqinlik kabilar orqali şakllanadi.
Misol uçun, zamonaviy dunyoda tili, dini, tarixiy yaqinligi asosida şakllangan bir qança hamjamiyatlarni keltiriş mumkin. Anglasaksonlar: AQŞ, Birlaşgan Qirollik, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya – bularning bari ingliz tilida gaplaşadi, protestant mazhabiga e’tiqod qiladi. Garçi anglasaksonlar örtasida bitta kuçli xalqaro taşkilot tuzilmagan bölsa-da, bu davlatlarning ikki taraflama va köp taraflama hamkorligi juda yuqori darajada. Bular – juda kuçli va tabiiy ittifoqçilar.
Yoki, ispan tilli davlatlar. Janubiy va Markaziy Amerikada bir qança ispan tilli davlatlar mavjud bölib, bu davlatlarning tarixiy markazi – Ispaniya. Bu davlatlar özaro muştaraklik va hamkorlikni mustahkamlaş uçun “Ispanidad” taşkilotini ham tuzişgan. Fransuz tilida gaplaşuvçi jamiyatlar esa “Frankofoniya”ga birlaşgan. Portugal tilida gaplaşadigan davlatlar örtasida ham norasmiy juda kuçli hamkorlik va ittifoqçilik loyihalari juda kuçli.
Xöş, anglasaksonlar, ispan yoki portugal tilli davlatlar alohida xalqaro taşkilot tuzmasdan, özaro hamkorlikni yuqori darajada amalga oşirib kelyapti ekan, nega turkiy davlatlar özaro hamkorlik uçun taşkilot tuzişdi? Bu nima uçun kerak edi? Buning sabablari bir qança.

















