Şu paytga qadar bu ikki qöşni davlat örtasidagi aloqalar strategik şeriklik darajasida edi. Endi rasmiy Toşkent va Bişkek – ittifoqçi davlatlar hisoblanişadi.
Ittifoqçilik özi nima beradi, ittifoqçilik munosabatlari zamirida nimalar turadi? Sovuq uruş tugagan 1990-yillar boşida taniqli amerikalik siyosatşunos Semyuel Hantington özining “Tsivilizatsiyalar töqnaşuvi” kitobida: “Mafkuralar davri tugadi, endi özliklar asosidagi halqaro munosabatlar davri boşlanayapti” degan edi. Bu fikr ma’lum asoslarga ega ekani kuzatilmoqda. Bugun dunyodagi eng kuçli alyanslar, ittifoqlar yoki eng katta xalqaro tiraşuvlar ham yaqin yoki ayni özliklar atrofida keçayotganini köriş mumkin.
Insoniyat tarixida lokalizm davri tugadi, globallaşuv davri boşlandi. Globallaşuv davrida insoniyat yagona axborot maydonida böladi, hammaning hammaga ta’siri ortib boradi. Mana şu davrda yaşab qolişning muhim şartlaridan biri – duşmanlarni kamaytiriş, döstlarni köpaytiriş, yoki potensial duşmanlarga qarşi döst-birodarlarning jips bölişini ta’minlaş hisoblanadi.
Keyingi ön yilliklarda xalqaro huquq poymol bölmoqda, xalqaro öyin qoidalari qöpol va agressiv kuçga asoslanib bormoqda. Davlatlarning eng muhim resurslaridan biri ham – işonçli va mustahkam alyanslarga ega bölişi hisoblanadi. Qudratli davlatlar ittifoqçilar, alyanslar zanjirini mustahkamlaşga qattiq harakat qilişadi.
Qirğiziston – Özbekistonning navbatda beşinçi ittifoqçi davlati böldi. Birinçi ma’muriyat davrida, Özbekiston faqatgina bitta davlat bilan ittifoqçilikka kirişgan edi. U ham bölsa, 2005-yilning noyabrida Rossiya Federatsiyasi bilan rasmiylaştirilgan ittifoqçilik edi. Köpçilik yaxşi anglaydiki, öşa vaqtda rasmiy Toşkent özining siyosiy va geosiyosiy muammolarini yeçiş uçungina, ya’ni majburiyat yuzasidan RF bilan ittifoqçilik örnatgan edi. Lekin ma’no-mazmuniga köra, bu ittifoqçilik zamirida özaro işonç u qadar kuçli bölmagani ma’lum.
2016-yildan keyin Özbekistonning ittifoqçilik borasidagi tafakkuri mutlaq özgardi. Keyingi davrda Özbekiston törtta davlat bilan ittifoqçilik munosabatlari örnatdi. 2002-yilning boşida post-sovet hududida katta uruş boşlandi va bu uruş hozirga qadar davom etmoqda. Öşa 2022-yilning dekabr oyida Özbekiston qöşni Qozoğiston bilan ittifoqçilik örnatdi.
2024-yilning birinçi yarmida Özbekiston qöşni Tojikiston bilan, öşa yilning ikkinçi yarmida esa Janubiy Kavkazdagi yagona turkiy davlat hisoblanmiş Ozarboyjon bilan ittifoqçilik munosabatlari örnatildi.
Va nihoyat, mana, 2026-yil 30-iyul kuni rasmiy Toşkent qöşni Bişkek bilan ham ittifoqçilik munosabatlarini rasmiylaştirdi.

















