Sönggi yillarda Rossiyaning Yevropaga tobora kuçayib borayotgan tajovuzkorligi fonida Polşa öz mudofaasini sezilarli darajada mustahkamladi – 2024 yilda uning qurolli kuçlari Yevropaning NATOga a’zo mamlakatlari orasida eng yirigiga aylandi. Hozirda bu armiyada 210 mingdan ortiq harbiy bor. Bu Germaniya, Fransiya yoki Buyuk Britaniyanikidan köproq. Polşa harbiy xizmatçilar soni böyiça NATO mamlakatlari orasida faqat AQŞ va Turkiyadan ortda qoladi, deya yozadi The Wall Street Journal Polşa mudofaasiga bağişlangan katta maqolasida.
2014 yildan boşlab Varşava öz qurolli kuçlari sonini ikki baravarga, harbiy xarajatlarni yalpi içki mahsulotning deyarli 5 foizi miqdorida oşirdi: 2025 yilda buning uçun YaIMning 4,7 foizi yönaltirilgan, 2026 yilda bu miqdor 4,8 foizga yetişi rejalaştirilgan. Bu Şimoliy Atlantika alyansiga a’zo bölgan 32 mamlakat orasida eng yuqori körsatkiçdir.
Polşa 2023-2024 yillarda 50 million dollarlik xarid bilan Amerika qurollarining eng yirik sotib oluvçisi bölgan. Harbiy xarajatlari tufayli Polşa AQŞ prezidenti Donald Trampning e’tiborini qozongan. Polşaning yangi prezidenti Karol Navrotskiy bilan uçraşuvda Tramp Polşani qöllab-quvvatlaşini bildirdi, u Yevropaning boşqa mamlakatlariga doim ham bunday e’tibor körsatmaydi. «Biz Polşani töliq qöllab-quvvatlaymiz va unga özini himoya qilişga yordam beramiz», – dedi Tramp. AQŞ mudofaa vaziri Pit Hegset 2025 yil boşida Varşavaga taşrifi çoğida Polşani «namunali ittifoqçi» deb atagandi.
Polşa hukumati Rossiya Vladimir Putin rahbarligida Şarqiy Yevropadagi an’anaviy ta’sir doirasini tiklaşga intilmoqda, deb hisoblaydi. Rossiyaning Ukrainaga, endi esa Yevropaga qarşi harakatlari, WSJ yozişiça, polşalik siyosatçilarni ularning mamlakati yana öt oçiş çiziğiga tuşib qolganidan asabiylaşişga majbur qilmoqda. Ammo bu safar, naşrning ta’kidlaşiça, Polşa tayyor bölişni xohlaydi.
«Bu bizning uruş», – dedi Polşa boş vaziri Donald Tusk sentabr oyida xavfsizlik böyiça Varşava forumida Rossiya-Ukraina uruşi haqida gapira turib. U Polşa öz qurolli kuçlarini keng kölamli modernizatsiya qilişga qaror qilganini ta’kidladi va Yevropaning boşqa davlatlarini ham şunday qilişga çaqirdi. Tusk bu nafaqat Kiyevni qöllab-quvvatlaş uçun, balki NATOga a’zo mamlakatlarning kelajagi va xavfsizligi uçun ham zarurligini ta’kidladi.
2014 yilda Rossiya Qrimni anneksiya qilib, Donbassda uruş boşlaganidan söng Varşava Moskva bilan ehtimoliy uruşga tayyorgarlik köra boşlagan. Polşa harbiy strateglari bir yil davomida eng yomon ssenariylarni tahlil qilişgan, şundan söng ular qöşinlar sonini tezda köpaytiriş va qurol sotib oliş hajmini oşiriş orqali qurolli kuçlarni isloh qilişga kirişgan.
Yevropaning boşqa davlatlari «boşqa kimdir birinçi qadamni qöyişini kutişdi», degandi Polşa mudofaa vaziri örinbosari, 2018 yilgi islohotlar oldidan ötkazilgan mudofaa böyiça strategik şarhga mas’ul bölgan Tomaş Şatkovski. «Oxir-oqibat biz nafaqat şarqiy qanotning qolgan davlatlaridan, balki NATOning aksariyat Yevropa davlatlaridan ham oldinga çiqib qoldik», – degandi Şatkovski.
2018 yilgi islohotlardan keyin taşkil etilgan birinçi bölinma 18-mexanizatsiyalaşgan diviziya bölib, u yuqori jangovar tayyorgarlik holatida. Polşa yana ikkita şunday bölinma tuzmoqda. Bundan taşqari, mamlakat ön minglab harbiylardan iborat öz hududiy mudofaa kuçlarini yaratdi.
Polşa uçun ustuvor vazifa – askarlarni öqitiş. Sentyabr oyida 30 ming harbiy, jumladan, 18-diviziya AQŞ va Niderlandiya qurolli kuçlari bilan birgalikda «Temir himoyaçi» nomli maşğulotlarida qatnaşdi, unda polşalik askarlar Amerikaning Abrams tanklari, Janubiy Koreyaning baravar öt oçiş reaktiv tizimlari, HIMARS raketa tizimining Polşadagi modifikatsiyasidan (Ukraina Rossiyaga qarşi uruşda şunday tizimlardan foydalanadi) foydalanişni maşq qildi.
Polşa Rossiya bilan ziddiyat yuzaga kelgan taqdirda NATO mudofaasining markaziy elementi hamda Boltiqböyi davlatlari –Estoniya, Latviya va Litva uçun muhim hamkor vazifasini bajaradi, deb yozadi The Wall Street Journal.
Polşa Rossiyaning Kaliningrad eksklavi bilan ham, Moskvaning yaqin ittifoqçisi Belarus bilan ham çegaradoş. «Inqiroz yuzaga kelgan holatda Boltiqböyi mamlakatlari mudofaasi AQŞ tomonidan kuçaytirilgan Polşa qurolli kuçlari Kaliningrad va Belarusda [Rossiya qöşinlariga] qançalik qarşi tura olişiga boğliq böladi», – deb hisoblaydi Polşa mudofaa vazirining sobiq örinbosari Tomaş Şatkovski.
Polşa mojaro yuzaga kelganda joylaştirilişi mumkin bölgan köp sonli NATO harbiylarini qabul qiliş imkoniyatiga ega böliş uçun özining logistika imkoniyatlarini ham yaxşiladi. Polşa buning uçun ba’zi fuqarolik samolyotlarini modernizatsiya qilmoqçi.
Ammo Polşaga öz qurolli kuçlarini mustahkamlaş qimmatga tuşmoqda, deya ta’kidlaydi WSJ. Yaqin yillarda mamlakat yalpi içki mahsulotining ösişi 3 foizni taşkil etişi kutilayotganiga qaramay, zamonaviy qurol-yaroğ tizimlarini qöllab-quvvatlaş xarajatlari Polşaning mudofaa budjetidan oşib ketişi mumkin.
Hozirda Polşa Germaniya bilan Berlin Ikkinçi jahon uruşi paytida yetkazilgan zarar uçun tovon sifatida Polşa mudofaa xarajatlarining bir qismini qoplaşi variantini muhokama qilmoqda. Germaniya tomoni bu Polşaning tovon talablariga çek qöyişiga va ikkala davlatni mudofaa sohasida teng şaroitga qöyişiga umid qilmoqda. «Nemislar uçun reparatsiya masalasi toksik masaladir. Polşa orqali şarqiy qanot xavfsizligini ta’minlaş mas’uliyati esa bunday emas», – deydi Polşaning Germaniya va AQŞdagi sobiq elçisi Yanuş Reyter.













