Yevropa komissiyasi (YeK) Gucci, Chloé va Loewe lyuks brendlarini Yevropa Ittifoqining monopoliyaga qarşi qonunlarini buzganlikda ayblab, ularga katta miqdorda jarima soldi. 14 oktyabr, seşanba kuni e’lon qilingan YeK bayonotiga köra, har uçala kompaniya ham mustaqil dökonlar va öz mahsulotlarini sotuvçi onlayn platformalarning tijorat amaliyotiga aralaşgan. Kompaniyalar regulyatorning qaroriga rozi böldi.

Eng katta jarima – 120 million yevroni Fransiyaning Kering konserni tarkibiga kiruvçi Gucci tölaydi. Fransiyaning Chloé moda uyi 20 million yevro, ispan brendi Loewe esa taxminan 18 million yevro tölaşga majbur böldi. Bu miqdorlar allaqaçon kamaytirilgan, çunki uç kompaniya ham tergov bilan hamkorlik qilgan, deya ta’kidladi Yevrokomissiya.

Bryussel rasmiylariga köra, Gucci, Chloé va Loewe mustaqil ravişda, ammo öxşaş tarzda harakat qilgan. Xususan, ular boşqa dökonlarga tavsiya etilgan narxlardan çetga çiqişni, maksimal çegirma darajasini belgilaşni va sotiş muddatlarini belgilaşni taqiqladi. Ba’zi hollarda ular çakana sotuvçilarga mahsulotlarga, jumladan sumkalar, kiyim-keçak, poyabzal va zargarlik buyumlariga çegirmalarni taklif qilişni taqiqlagan, deya qöşimça qildi Yevrokomissiya.