Geongsangbuk-do (Geongsangbuk-do) —Koreyaning şimoli-şarqiy qismida joylaşgan yirik provinsiya bölib, u 22 ta şahar va okrugni öz içiga oladi. Iqtisodiy yönalişlari — sanoat (maşinasozlik, elektronika, kemasozlik), qişloq xöjaligi va turizm.
Muloqotda tomonlar malakali kadrlarni Özbekistonda tayyorlab, Geongsangbuk-do hududidagi korxonalarda E-7 (malakali işçi) vizasi asosida işga joylaştiriş masalalarini kelişib oldi.

Provinsiya hukumati tomonidan amalga oşirilayotgan “Hududiy E-7 viza sinov dasturi” — xorijiy, jumladan, Özbekistondan kelgan malakali mutaxassislarni Koreyaning yetakçi sanoat kompaniyalariga işga jalb etişni nazarda tutadi.
Muzokaralar doirasida Koreya yoki Özbekistondagi universitetlarda yarim ötkazgiçlar, oziq-ovqat sanoati, töqimaçilik, biotexnologiya, sun’iy intellekt (AI), robototexnika, kelajak mobil texnologiyalari, energetika kabi yönalişlarda tahsil olgan talabalar bitirgandan söng, E-7 vizasini soddalaştirilgan tartibda oliş, Koreyaga kiriş va işlaş imkoniyatini yaratişga kelişildi.

Nomzodlarga qöyiladigan talablar: diplom (bakalavr yoki magistr) + 1 yillik iş tajribasi; diplom (bakalavr yoki magistr) + TOPIK 2 + yoki KIIP sertifikati; Kyongsangbuk-do provinsiyasining yuqorida qayd etilgan yönalişlarida kamida 3 yillik rasmiy iş tajribasiga ega bölgan + TOPIK 3 sertifikatiga ega nomzodlar; körsatilgan yönalişlarda bakalavr yoki magistrlik darajasini tugatayotganlar + TOPIK 2 + yoki KIIP sertifikatiga ega bölganlar loyihada iştirok etişi mumkin.

Şuningdek, hamkorlar bilan özbekistonliklar uçun maxsus öquv kurslarini taşkil etiş, iş beruvçilar bilan töğridan töğri şartnomalar tuziş tizimini joriy etiş va viza jarayonlarini soddalaştirişga kelişildi.
Geongsangbuk-do provinsiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi örtasida malakali kadrlarni tayyorlaş va ularni Koreyada işga joylaştiriş yuzasidan uç tomonlama hamkorlik şartnomasi imzolandi.












