Saudiya Arabistonida boks böyiça WBC Gran-pri musobaqasining yarim final janglari ötkazildi.

Mazkur turnirda özbekistonlik boksçi Mujibillo Tursunov yarim finalda ukrainalik Danilo Lozanga qarşi ringga kötarildi.

6 raundga möljallangan jangda Mujibillo Tursunov oçkolar evaziga ğalaba qozonib, finalga yöl oldi.

Endi u finalda kolumbiyalik Karlos Utriaga qarşi ringga çiqadi.

Final jangi 20 dekabr kuni ötkaziladi.

Mujibillo Tursunov 20 iyun kuni ötkazilgan nimçorak final bahsida Alan Esekel Dutra hamda 13 avgust kuni ötkazilgan çorak final jangida Misael Kabrera Urias ustidan ğalaba qozongandi.