Özbekistonlik iştirokçilar dastlab vatandGyote institutida nemis tilini B1 darajasida özlaştirgan. Şundan söng Bau ABC taklifi bilan pilot loyihaga jalb etildi va Quyi Saksoniyaning tegişli quriliş taşkilotlari bilan dual ta’lim şartnomalari tuzildi. Ta’limning birinçi yilida markazda nazariy va amaliy fanlar öqitiladi, keyingi bosqiçda öqiş iş hayoti bilan uyğun tarzda davom etadi.

Markaz öqituvçisi Andre Rauterberg maqolada özbek yoşlarining şijoati va intizomini alohida ta’kidlab, ular Germaniya qoidalariga tez moslaşayotganini va topşiriqlarni öz vaqtida bajarayotganini qayd etgan. Naşr vatandoş talabalar fikrini ham keltiradi: 19 yoşli Oyatilla Ahmadaliyev öqiş va yaratilgan şaroitlardan mamnunligini bildirib, kasbiy ta’limni tugatgaç soha böyiça öqişni davom ettiriş va Germaniyada işlaş niyati borligini aytgan.

Materialda qayd etilganidek, Germaniyaga kasbiy ta’lim uçun jalb etilayotgan özbekistonliklar soni ortib bormoqda. Bu jarayonda Papenburg va Depenbrock kabi yirik quriliş kompaniyalari yetakçi rol öynamoqda. Pilot loyiha natijalariga köra, kelgusida Özbekistondan yanada köproq yoşni jalb etiş rejalaştirilgan.