Buyuk Britaniyaning Heritage Daily ilmiy onlayn-naşri Samarqand viloyatida aniqlangan noyob arxeologik topilmalarga bağişlangan ikkita maqola eʼlon qildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Naşrning «Bronza bezaklar Özbekistonda topilgan qadimiy qabr sirini oçişga yordam beradi» nomli maqolasida Payariq tumanida tasodifan aniqlangan qabr haqida maʼlumot berilgan.
Qayd etilişiça, yer işlari davomida mahalliy aholi vakili odam suyaklari, bronzadan yasalgan bilakuzuklar hamda mayda munçoqlarni topgan.
Ayniqsa, bilakuzuklarning şakli mutaxassislar eʼtiborini tortgan. Ular uçi konussimon bölib, spiralsimon naqşlar bilan bezatilgan.
Arxeologlarning dastlabki baholaşiga köra, topilmalar Zarafşon vodiysi hududida avval aniqlangan sönggi bronza davri materiallariga öxşaş. Şu asosda ular miloddan avvalgi XIII–X asrlarga oid bölişi mumkinligi aytilmoqda.
Heritage Dailyʼning ikkinçi maqolasi Urgut tumanidagi ilk örta asrlarga oid Qörğontepa arxeologik majmuasida olib borilayotgan tadqiqotlarga bağişlangan.
Qaziş işlari paytida arxeologlar qadimiy ibodatxona xarobalari orasidan gançdan yasalgan haykalning boş qismini topgan.
Mutaxassislar uçun uşbu topilmaning ikonografiyasi alohida ahamiyat kasb etadi. Çunki Qörğontepada bundan avval tört qölli maʼbud tasvirlangan devoriy rasmlar ham aniqlangan.
Yangi topilma Söğd sanʼati, öşa davr diniy tasavvurlari va ibodatxona madaniyatini örganiş uçun qöşimça maʼlumot berişi kutilmoqda.
Britaniya naşri Payariqdagi qadimiy qabr va Qörğontepadagi topilmalar turli tarixiy davrlarga tegişli ekaniga eʼtibor qaratgan. Birinçisi sönggi bronza davriga, ikkinçisi esa ilk örta asrlarga oid.
Heritage Daily xulosasiga köra, Özbekiston hududida bronza davridan ilk örta asrlargaça bölgan yodgorliklarning muntazam aniqlanayotgani mamlakatning boy tarixiy va madaniy merosini örganiş uçun katta salohiyat mavjudligini körsatadi.

















