Sovrin jamğarmasi 620 mln söm bölgan IV “Zakovat-Gambit” şaxmat turniri yakunlandi. Final ğoliblari 20 mln sömdan 50 mln sömgaça bölgan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
23 oktyabr kuni Özbekistonda köplab şaxmatçilarni kaşf qilayotgan IV “Zakovat-Gambit” çempionati yakunlandi. Bu yilgi turnirda 2200 dan ortiq şaxmatçi qatnaşgan bölsa, ularning 91 nafari finalda kuç sinaşdi. Unda yaxşi natija körsatganlar 20 mlndan 50 mln sömgaça bölgan pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Tantanali tadbirda Kun.uz muxbiri ham iştirok etib, ğolib bölganlarning ayrimlariga mikrofon tutdi. Ulardan biri 18 yoşli Akjol Rahmatullayev, u E guruhida 1-örinni egallab, 50 mln sömni qölga kiritdi.
“Şaxmatni birinçi marta tört yoşimda boşlaganman. Boşida bunga oddiy maşğulot sifatida qaraganman, keyin bilsam, şaxmat juda qiziq öyin ekan. Turnir yaxşi ötdi va raqiblarim kuçli çiqişdi, şunga qaramasdan ularning hammasini yengdim”, - deydi Rahmatullayev.
Rahmatullayev sözi davomida Magnus Karlsenni dunyodagi eng yaxşi şaxmatçi deb bilişini, öyinlardagi har qanday vaziyatdan çiqib keta olişini qöşimça qildi.
Farğonalik Muhammadrizo Umarov ham musobaqada 2-örin sohibi böldi va 30 mln sömga ega çiqdi.
“Zakovat-Gambit musobaqasida D guruhda qatnaşdim. 9 ta turda 5 ta ğalaba, 3 ta durang hamda 1 ta mağlubiyat bilan 2-örinni qölga kiritdim. Şunaqa natija qilganimdan juda xursandman.
Men şaxmat bilan 10 yildan beri şuğullanib kelaman. Albatta, boşida bunga biroz qiziqiş bölgan. Lekin ma’lum bir vaqtdan keyin jiddiy qiziqa boşladim, ya’ni yönaliş sifatida tanladim. Yaxşi kasb deb öylayman”, - deydi Umarov.
Umarovning qayd etişiça, şaxmatda soniyalar rol öynaydi.
“Bu musobaqa 3 ta bosqiçda ötkazildi: onlayn, yarimfinal hamda final. Kuçli şaxmatçilar qatnaşdi. Deyarli köpçilikning darajasi bir-biriga yaqin. Şuning uçun ham musobaqa juda şiddatli ötdi. Bu yerda yaxşi mehnat, harakat, albatta, biroz omad ham kerak böladi. Musobaqa blits böldi, ya’ni tezkor şaxmat. 2-3 soniyada öyin taqdiri özgarib ketiş mumkin”, - deydi şaxmatçi.
Şuningdek, taqdirlaş marosimida Afruza Hamdamova, Umida Omonova, Nilufar Imomqöziyeva, Zilola Aktamova, Mohijahon Rahmonova turnirning eng yaxşi ayol şaxmatçilari deb topilib, 20 mln sömga sazovor bölişdi. Qolaversa, musobaqaning eng yoş iştirokçisi Abdurahmon Rajabov (12 yoş) va eng keksa qatnaşçisi, xalqaro grossmeyster Toir Vohidov (63 yoş) böldi. Ularning har biri 10 mln söm bilan taqdirlandi.







