Rossiyaning eng yirik neft-gaz kompaniyalaridan biri «Lukoyl» «ayrim davlatlar» tomonidan joriy etilgan sanksiyalar tufayli xorijdagi aktivlarini sotiş niyatida ekanini ma’lum qildi.
27 oktyabr kuni e’lon qilingan bayonotda «Lukoyl» «potensial xaridorlarning takliflarini körib çiqiş allaqaçon boşlangani»ni qayd etgan. Aktivlarni sotiş AQŞ Moliya vazirligining Taşqi aktivlarni nazorat qiliş boşqarmasi (OFAC) ruxsati bilan operatsiyalarni yakunlaş litsenziyasi (wind down license) doirasida amalga oşiriladi. Zarur hollarda kompaniya xorijiy bölinmalarining uzluksiz işlaşini ta’minlaş uçun litsenziyaning amal qiliş muddatini uzaytirişni söraşni rejalaştirmoqda.
«Lukoyl» bilan operatsiyalarni töxtatiş uçun OFAC 21 noyabrga qadar muhlat bergan.
Asosiy tuzilmalardan taşqari «Lukoyl» uluşi 50 foizdan ortiqni taşkil etadigan şu’ba kompaniyalar ham sanksiyalarga duçor bölgan. Mutaxassislar fikriça, «Lukoyl»ning uluşi 50 foizdan kam bölgan loyihalarda aktivlarni töğridan töğri sotiş talab qilinmasligi mumkin, ammo yakuniy qaror milliy hukumatlarning pozitsiyasiga boğliq böladi. Şunga qaramay, AQŞning blokirovka çoralari kompaniyani tegişli tuzilmalarni boşqariş va ularning faoliyatidan daromad oliş imkoniyatidan mahrum qilmoqda.
Kompaniya Qozoğiston, Özbekiston, Ozarboyjon, Moldova, BAA, Iroq, Kamerun, Nigeriya, Gana va boşqa mamlakatlarda faoliyat yuritadi, Yevropada neftni qayta işlaş zavodlari va dunyoning 19 mamlakatida yoqilği quyiş şoxobçalari tarmoğiga ega.
OFAC Qozoğiston neftini yetkazib berişda uzilişlarga yöl qöymaslik uçun «Lukoyl»ning Qozoğistonning ikkita asosiy eksport yönalişida – Atirau oblastidagi Tengiz konida va Kaspiy quvurlari konsorsiumida (KTK) iştirokini istisno qildi, deb yozadi «RBK».
Qozoğistonning özida «Lukoyl» bir neçta yirik loyihalarda, jumladan, Kaspiy şelfidagi «Kalamkas-more, Xazar va Avezov»da 50 foiz (bitim taxminan 200 million dollarga baholanadi), «Al-Farobiy» loyihasida 49,9 foiz, «Tengiz» loyihasida 5 foiz va «Karaçaganak» loyihasida 13,5 foiz uluşga ega.
Özbekistonda «Lukoyl» yigirma yil içida neft va gaz sanoatiga 10 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritib, respublikadagi eng yirik investorlaridan biriga aylangan.
Hukumat 2004 yilda mazkur kompaniya bilan Buxoro viloyatidagi «Qandim-Hauzak-Şodi» (35 yil muddatga, 2014 yilda yana 7 yilga – 2046 yilgaça uzaytirilgan) va Qaşqadaryodagi «Janubi-Ğarbiy Hisor» (2007 yilda kuçga kirgan va 36 yilga, 2043 yilgaça möljallangan) loyihalari böyiça mahsulot taqsimoti töğrisidagi bitimni imzolagan.
«Lukoyl»ning Özbekistondagi eng yirik loyihasi yiliga 8,1 milliard metr kub gazni qayta işlaş quvvatiga ega Qandim gazni qayta işlaş majmuasi bölib, uning umumiy sarmoyasi 3,5 milliard dollarni taşkil etadi. «Lukoyl» Özbekistonda «Özbekneftgaz»dan keyin ikkinçi yirik gaz işlab çiqaruvçi hisoblanadi. 2024 yil 1 iyun holatiga köra, kompaniyaning töplangan gaz qazib oliş hajmi 134,4 milliard metr kubga yetgan.
Bundan oldinroq Markaziy bank rahbari Timur Işmetov AQŞning «Lukoyl» va «Rosneft»ga qarşi sanksiyalariga izoh berib, bu Özbekistonga ta’sir körsatişi mumkinligi, ammo uzoq muddatli şartnomalar va diplomatik mexanizmlar ehtimoliy oqibatlarni kamaytirişga imkon berişini aytgandi. U mamlakat sanksiyalar rejimiga rioya qiliş böyiça qat’iy pozitsiyaga egaligini ta’kidlagan.












