AQŞ Kongressining Vakillar palatasi avvalroq Senatdan ötgan Rossiyaga qarşi «dözax sanksiyalari» töğrisidagi qonun loyihasini maʼqulladi. Endi hujjat imzolaş uçun prezident Donald Trampga yuboriladi.
Reuters xabariga köra, qonun loyihasini 262 nafar kongressmen yoqlab, 159 nafari qarşi ovoz bergan. Uni deyarli barça respublikaçilar va 58 nafar demokrat qöllab-quvvatladi.
«Lindsi Gremning Rossiya va Eronga qarşi 2026-yilgi sanksiyalar töğrisidagi akti» deb nomlangan qonun loyihasi Rossiyaning energetika va mudofaa sohalariga, şuningdek, amaldagi sanksiyalarni çetlab ötiş uçun işlatiladigan tankerlarning «maxfiy floti»ga qarşi yangi çeklovlarni nazarda tutadi.
Bundan taşqari, hujjat Trampga Xitoy, Hindiston va boşqa mamlakatlar tomonidan Rossiya nefti va gazini xarid qiliş hajmini kamaytiriş uçun ularga nisbatan 100 foizgaça bojlar joriy etiş huquqini beradi. Qonun loyihasiga Eronga qarşi sanksiyalarni kengaytiriş ham kiritilgan. Taşabbus norasmiy ravişda «ayovsiz sanksiyalar» töğrisidagi qonun loyihasi deb atalmoqda.
Senat qonun loyihasini avgust oyida maʼqullagan edi. Ovoz berişdan oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy amerikalik qonunçilar bilan uçraşib, ularni hujjatni qöllab-quvvatlaşga çaqirdi va protsessual ovoz berişlardan birini bevosita Senat zalidan kuzatdi. Reuters hisob-kitoblariga köra, qonun loyihasi Trampning Oq uyga qaytişi va 2025-yil yanvar oyida har ikki palata respublikaçilar nazoratiga ötganidan keyin Kongress tomonidan qabul qilingan Ukraina bilan boğliq eng muhim hujjat böldi.
Hujjatni körib çiqiş bir yildan ortiq davom etdi. Lindsi Grem va bir neça önlab senatorlar uni 2025-yil aprel oyida kiritgan edi, biroq Kongressning respublikaçi rahbariyati ovoz berişni ötkaziş uçun Trampning roziligini faqat 2026-yil iyul oyida, Grem ölimidan bir neça kun oldin oldi. Şundan söng qonun loyihasiga uning nomi berildi.
Vakillar palatasidagi demokratlarning katta qismi hujjatga qarşi çiqdi. Ularning fikriça, qonun loyihasi Trampga bojlar joriy etiş, jumladan, AQŞ ittifoqçilariga qarşi bojlar kiritiş uçun juda keng vakolatlar beradi, şu bilan birga, agar prezident sanksiyalarni mamlakat milliy manfaatlariga zid deb hisoblasa, ularni qöllamaslik imkonini beradi. Vakillar palatasidagi demokratlar yetakçisi Hakim Jeffrisning aytişiça, uşbu istisnolar tufayli Rossiyaga zarar yetkazişi mumkin bölgan yangi sanksiyalar joriy etilmay qolişi mumkin.












