28 oktabr kuni NASA'ning tovuşdan tez uçuvçi, kam şovqinli X-59 samolyoti Janubiy Kaliforniya çöllari uzra birinçi sinov parvozini amalga oşirdi. Ovoz tezligini deyarli şovqinsiz yorişga möljallangan uşbu eksperimental samolyot tijorat aviaqatnovlarini tezlaştiriş yölida muhim qadam bölişi aytilmoqda.

NASA uçun Lockhead Martin kompaniyasi tomonidan yasalgan uşbu samolyot özining noodatiy şakli bilan farq qiladi. Samolyotning öziga xos şakli odatda havo tösiqlarini yorişda yuzaga keladigan portlaşga öxşaş tovuşni keskin kamaytiradi: «Tovuş darajasi maşina eşigi yopilgandagi kabi past darajaga”ça tuşiriladi.
NASA’s new X-59 quiet supersonic jet took off for its first flight from US Air Force Plant 42 in Palmdale, California pic.twitter.com/OkrgYdV2JM
— Reuters (@Reuters) October 28, 2025
Reuters’ning kompaniya rasmiylariga tayanib yozişiça, aynan şu past şovqinli texnologiyani mukammallaştiriş ustida işlanmoqda. Bu – aholi punktlari ustida şovqin böyiça xavotirlar tufayli çeklangan «supersonic» tijoriy parvozlarning asosiy tösiğini bartaraf etadi.
«Samolyotni çizmalardan havoga olib çiqiş arzonga tuşmadi. NASA 2018 yildan buyon X-59'ni işlab çiqiş va sinovdan ötkaziş uçun Lockhead kompaniyasiga 518 million dollardan ortiq mablağ tölagan», deyiladi bayonotda.

Bitta dvigatelli bu samolyot — burnidan dumigaça qariyb 30 metr. U ilk parvozi davomida kutilganidek, tovuşdan past tezlikda uçdi va 370 km/soat tezlikka erişdi. Parvoz çoğidagi eng yuqori balandlik esa 12 000 fut – 3 ming 660 metrni taşkil qildi. NASA'ning X-59 böyiça yetakçi sinov uçuvçisi Nils Larson uşbu parvozda bir örinli kabinada boşqaruvda bölgan.

«X-59 bugun ertalab ilk parvozini muvaffaqiyatli yakunladi. Bu aviatsiyadagi muhim buriliş nuqtasi», — dedi Kandis Russel.
Aslida yagona namunadagi uşbu eksperimental samolyot 55 000 fut, ya’ni 16 764 metr balandlikda, taxminan 1 ming 490 km/soat tezlikda kreyser rejimida uçişga möljallangan. Bu odatiy yölovçi samolyotlaridan ikki baravar yuqori va deyarli ikki baravar tez, deydi kompaniya vakili.
Keyingi sinov parvozlarida X-59 balandroq va tezroq uçadi, oxir-oqibat dengiz sathida taxminan 1 225 km/soat bölgan tovuş tezligidan oşadi.

X-59 böyiça olib borilgan tadqiqotlar orqali olingan ma’lumotlar – quruqlikda supersonik parvoz uçun yangi şovqin me’yorlarini işlab çiqişga xizmat qiladi.
Bunga qadar ham tovuş tezligidan tezroq bölgan «Konkord» samolyoti 1976 yilda Atlantika böylab muntazam qatnovlarni boşlagan. Ammo 2003 yilda yuqori ekspluatatsiya xarajatlari, örindiqlar sonining kamligi va boşqa sabablar bilan foydalanişdan olingandi.
Tovuşdan tez uçuvçi samolyot: Afsonaviy «Konkord»ning parvozi nega taqiqlangandi?












