«Arkadag» futbol klubi ketma-ket uçinçi marta Turkmaniston çempionatida muddatidan oldin ğolib çiqdi.
Jamoa 27 oktabr kuni Yuqori Liganing 23-tur öyinida asosiy ta’qibçisi «Ahal»ni 1:0 hisobida mağlub etdi va turnir tugaşiga tört tur qolganida navbatdagi çempionlikni qölga kiritdi.
«Arkadag» 2023 yil bahorida taşkil etilgan bölib, şu nomdagi yangi şahar şarafini himoya qiladi. Bu nom (Arkadag, Orqatoğ) Turkmanistonning ikkinçi prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning unvoni hisoblanadi. Klub taşkil etilganidan keyin darhol Turkmanistonning eng kuçli futbolçilarini jamladi. Şu sababli içki arenada çempionat öyinlarida ham, kubok öyinlarida ham biror marta mağlub bölmagan. Klub özi iştirok etgan barça rasmiy turnirlarda ğolib çiqdi - uç marta mamlakat çempionati va kubogi, ikki marta Superkubok.
Şuningdek, xalqaro maydonda OFK Çaqiruv ligasida ham ğalaba qozondi.












