Özbekistonda aholi uçun tabiiy gaz iste’moliga tegişli bazaviy me’yor isitiş mavsumida 5 barobarga oşirilib, 500 kub metrga yetkaziladi. Amaldagi tartibga köra, noyabr—fevral oylarida har bir oy uçun 500 m³gaça, mart—oktyabrda esa 100 m³gaça “bazaviy me’yor” amal qiladi.
Kuz-qiş mavsumida iste’mol yuqori bölgan hududlar hisobga olinib, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabrdan fevralgaça oylik me’yor 500 m³ qilib qöllanadi.
Prezident qaroriga muvofiq, ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun oyma-oy kompensatsiyalar tölanadi: elektr böyiça — oyiga bazaviy me’yordan ortiq qismi uçun 150 kVt·soatgaça, tabiiy gaz böyiça — qiş oylarida 250 m³gaça, boşqa oylarda 150 m³gaça ortiqça sarflangan qismiga kompensatsiya beriladi. Ilgari bu tölovlar faqat qiş oylarida amal qilgan bölsa, endilikda yil davomida har oy beriladi.
Şu bilan birga, 2025-2026 yilgi isitiş mavsumi oldidan (noyabr oyida) har bir ehtiyojmand oilaga 1 mln sömdan moddiy yordam ajratiladi.








