Porsche AG kuzatuv kengaşi 27 iyul kuni xodimlar yiğinidan söng kompaniyada qöşimça 5 mingta iş örni qisqartirilişini ma’lum qildi.

Bundan avval ham 2025 yilda qabul qilingan «Kelajak pakti» doirasida Porsche kompaniyasining 3 900 nafar, uning şu’ba korxonalarida esa yana 500 nafar xodimni qisqartiriş rejasi e’lon qilingan edi.

Şu tariqa, 2035 yilga qadar qisqartiriladigan iş örinlari soni 9 400 tadan ortiqni taşkil etadi.

Qisqartirişlar Ştutgart va Vaysaxda amalga oşiriladi

Yangi çoralar Porsçeʼning Ştutgart-Tsuffenxauzendagi asosiy zavodi hamda Vaysax şahrida joylaşgan ilmiy-tadqiqot markaziga taalluqli böladi.

Şu bilan birga, kompaniya işlab çiqariş maydonlarini saqlab qoliş va 2035 yilgaça işlab çiqarişni rivojlantiriş uçun 2,1 milliard yevro investitsiya kiritişini ma’lum qildi.

Xodimlar asosan ixtiyoriy tarzda qisqartiriladi

Kompaniya ma’lum qilişiça, qisqartirişlar «ijtimoiy mas’uliyatli tarzda» amalga oşiriladi.

Bu jarayon asosan tabiiy kadrlar almaşinuvi, xodimlarning pensiyaga çiqişi hamda ixtiyoriy işdan böşaş töğrisidagi kelişuvlar orqali taşkil etiladi.

Porsche rahbariyatining ta’kidlaşiça, maqsad kompaniyaning raqobatbardoşligini oşiriş va imkoni boriça köproq iş örinlarini uzoq muddatda saqlab qolişdan iborat.

Biroq Reuters agentligi hisob-kitoblariga köra, qisqartirişlar deyarli har beşinçi iş örniga ta’sir qiladi.

Maoşlar va masofaviy iş tartibi ham özgaradi

Kompaniya xarajatlarni qisqartiriş maqsadida mehnat şartlariga ham özgartiş kiritmoqda.

Jamoaviy şartnoma böyiça rejalaştirilgan maoş oşirişlarining 3,5 foizi uşlab qolinadi.

Şuningdek, Rojdestvo mukofoti bir oylik maoşning 100 foizidan 60 foizigaça qisqartiriladi.

IG Metall kasaba uyuşmasi a’zolariga esa yiliga 200 yevro miqdorida qöşimça bonus va transformatsiya dasturi böyiça bir martalik 1 500 yevrolik tölovga qöşimça 411 yevro ustama berilişi rejalaştirilgan.