Andijonda mahalla fuqarolar yiğini binosida ijtimoiy xodimni fuqaro çoynak bilan urdi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, voqea 1 noyabr kuni sodir bölgan. Mojaroga mahalla fuqarolari — Y.G va Y.D.ning elektr energiya uçun beriladigan bir martalik 1 mln sömlik kompensatsiya puli bank tomonidan qarz evaziga uşlab qolingani sabab bölgan.

Janjal vaqtida fuqarolardan biri ijtimoiy xodimni qölidagi çoynak bilan urib, uning yuzi va qöliga tan jarohati yetkazgan.

Hozirda holat böyiça tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda. Sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, yetkazilgan jarohat darajasi aniqlanmoqda.