22 sentabr kuni Afrikaning Mali davlatida öğirlab ketilgan iste’fodagi general, Dubay hukmron oilasi vakili Ahmad bin Maktum bin Juma Ol Maktum, şuningdek, yana ikki nafar şaxs muzokaralardan söng Azavad xalqi vakillari vositaçiligida ozod qilindi. Bu haqda Sahara Media naşriga manbalar ma’lum qildi.
Garovga olinganlarni ozod qiliş uçun Birlaşgan Arab Amirliklari tomonidan 50 million yevro tölangani ta’kidlanmoqda.
Afrika OAV ma’lumotlariga köra, iste’fodagi general Malidagi fermaga egalik qilgan va öğirlangunga qadar şu yerda yaşagan.
General va yana ikki şaxs 22 sentabr kuni mamlakat poytaxti Bamako şahridan 30 km janubda joylaşgan Sanankorobo şahri yaqinida qurolli guruh a’zolari tomonidan öğirlab ketilgan edi. Ularni ozod qiliş böyiça muzokaralar sönggi haftalarda mintaqa yetakçisi Arabiy Valid Jyedin va Azavad xalqining nufuzli vakillari - Muhammad al-Mahriy va Said Ahmad az-Zumayliy nazoratida olib borildi. Öğirlaşni «Al-Qoida»ga aloqador «Jamoat nusratul-islom val-muslimin» (JNIM) guruhi amalga oşirgan.
Sentabr oyi boşidan beri guruh Senegal va Kot-d'Ivuar yöllarida benzin taşuvçilarga hujum qilib, mamlakatda yoqilği muammosini yuzaga keltirdi, bu esa Mali poytaxti Bamakoda yoqilği tanqisligi, yoqilği narxining beş baravar kötarilişi va elektr ta’minotida keng kölamli uzilişlarga olib keldi. AQŞ, Italiya va Germaniya elçixonalari öz fuqarolarini xavfsizlik bilan boğliq vaziyat yomonlaşgani sababli Malini zudlik bilan tark etişga çaqirdi.
Sönggi bir yil içida Malida qurolli guruhlar tomonidan odam öğirlaş holatlari keskin köpaydi, bu esa Sahel mintaqasidagi jinoiy tödalarning asosiy daromad manbalaridan biriga aylantirdi. Reuters naşrining yozişiça, katta miqdordagi tölovlar Mali, Burkina-Faso va Nigerda bunday amaliyotning yanada faollaşişiga yordam berişi mumkin.












