Kuz–qiş mavsumida poytaxtda havo sifati pasayişi köpinça Toşkent şahri va unga yaqin hududlardagi issiqxona xöjaliklari faoliyati bilan boğliq ekani qayd etilmoqda. Şu munosabat bilan işçi guruh issiqxonalarda ekologik va sanitariya me’yorlariga rioya etilişini örganmoqda, qoidabuzarlik aniqlansa ma’muriy va boşqa çora-tadbirlar köriladi.

Rasmiy ma’lumotlarga köra, ötgan yili ham Toşkent şahar hokimligi taşabbusi bilan ötkazilgan şunga öxşaş reydlar natijasida poytaxt hududidagi bir qator issiqxonalarning noqonuniy faoliyati töxtatilgan edi.

Reydlar:

  • atmosfera havosini ifloslantiruvçi manbalarni aniqlaş;
  • ekologik va sanitariya me’yorlariga amal qilinişiga erişiş;
  • qoidabuzarlarga nisbatan çoralar köriş;
  • holatlarning takrorlanişiga yöl qöymaslik hamda poytaxt va viloyatda ekologik vaziyatni yaxşilaşga qaratilgan.