10 noyabr kuni jahon yetakçilari Braziliyadagi 30-global iqlim sammiti — COP30’ga yiğilar ekan, olimlar global isişdagi har bir uluş darajasi hamon katta ahamiyatga ega ekani haqida ogohlantirmoqda. Şu omil millionlab odamlar xavfsizlikda yaşaydi yoki aziyat çekadimi — şunga bevosita boğliq.
Ön yil muqaddam iqlim özgarişiga qarşi kuraşda buriliş nuqtasi bölgan Parij kelişuvi imzolangan edi. Ilk bor deyarli 200 davlat global isişni 2°C dan pastda çeklaş, asr oxirigaça ösişni 1,5°C atrofida uşlab turişga intiliş töğrisida majburiy bitim qabul qildi. Olimlar bu oşiş iqlim özgarişida jiddiy va qaytmas zarar keltirişini ta’kidlab kelgan.
Biroq BMTning Atrof-muhit böyiça dasturining 2025 yilgi “Taşlamalar oraliq tösiği töğrisidagi hisoboti”da bu oşiş “muqarrar”, “keyingi ön yil içida röy beradi” va dunyo uçun “vayronkor oqibatlar”ga olib keladi, deya qayd etilgan. Uşbu hisobot har yili BMT iqlim konferensiyasi oldidan e’lon qilinadi.
Yangi ma’lumotlarga köra, agar mamlakatlar özi BMTga taqdim etgan iqlim maqsadlarini töliq amalga oşirsa, 2100 yilga borib global harorat 2,3–2,5°C ga oşadi. Bu ötgan yilgi hisobotda keltirilgan 2,6–2,8°C prognozidan biroz yaxşiroq, ammo hozirgi siyosat özgarmay qolsa, şu diapazonda amalga oşişi mumkin. Ön yil avvalgi başoratlar esa asr oxirigaça harorat 3,5°C gaça ösişini körsatgan edi.
Sönggi 10 yilda iqlim özgarişiga qarşi kuraşda ayrim közga körinadigan siljişlar bölganiga qaramay, mutaxassislar dunyoni tanlov çegarasida turibdi, deya ogohlantiriş bermoqda. Mamlakatlar neft, gaz va kömirdan foydalanişda davom etar ekan, harorat kötarilişi odamlar ölimiga olib keluvçi dovullar, toşqinlar va issiqlik tölqinlarini kuçaytirmoqda. Oxirgi ön yillik kuzatuvlar tarixida eng issiq davr böldi, ötgan yil esa ular orasida eng issiği sifatida qayd etildi.
Haroratning ösişi taxminan har daqiqada bir inson hayotini olmoqda, iskanjaga soluvçi parnik gazlar manbai bölgan qazilma yonilğini yoqişdan kelib çiqqan havo ifloslanişi har yili 2,5 million odamning umriga zomin bölyapti, deb baholanadi. Bu ulkan iqtisodiy zarar ham yetkazmoqda: ötgan yil global yöqotişlar 304 mlrd dollarni taşkil etdi.
Şu orada hayotiy ahamiyatga ega ekotizimlar imkoniyatlari çekkasiga borib qoldi. Joriy yilda dunyo özining ilk iqlimiy “qaytiş nuqtasi”dan ötdi — dengizlar isişi marjonlar ommaviy yöqolişiga sabab bölmoqda. Marjon riflari dunyodagi eng bioxilma-xil ekotizimlardan biri bölib, dengiz hayotining törtdan bir qismini qöllab-quvvatlaydi. Olimlar Amazonka tropik örmonlarining yöqolişi va muhim okean oqimlarining töxtaşi kabi boşqa xavfli buriliş nuqtalariga ham xavfli darajada yaqinlaşib qolingani töğrisida ogohlantirmoqda.
Bu tang holat qazilma yonilğini yoqiş davom etayotgani bilan boğliq. 2024 yilda parnik gazlar çiqindilari rekord darajaga yetdi va hozir 1990 yilgi darajadan 65 foizga yuqori.
Parij kelişuvi maqsadlariga erişiş uçun taşlamalar bugunga kelib tez sur’atda kamayişni boşlaşi kerak edi. Ammo sönggi tahlillar bunday sekinlaşiş alomatlari yöqligini körsatmoqda.
Ötgan yili mutlaq taşlamalar keskin ortdi: inson faoliyati — avvalo kömir, neft va gaz yoqilişi natijasida atmosferaga 53,2 gigatonna SO2-ekvivalent çiqarilib, rekord körsatkiç qayd etildi. Bu taşlamaning mutlaq köp qismi turmuş va iqtisodiyotni ta’minlovçi energetika sektori hissasiga töğri keladi.
Ularning uçdan ikki qismi bor-yöği sakkizta iqtisodiyot zimmasiga tuşdi: Xitoy, AQŞ, YeI, Hindiston, Rossiya, Indoneziya, Braziliya va Yaponiya. Uşbu yirik ifloslantiruvçilardan faqat YeI va Yaponiya 2023 yilga nisbatan yillik taşlamalarini qisqartirdi.
Parij kelişuvi böyiça umumiy majburiyatlardan ortda qolişga qaramay, hayratlanarli yutuqlar ham bor. Qayta tiklanuvçi energetikaning global ösişi keskin tezlaşdi, hatto eng optimistlarning ham taxminidan oşib ketdi. Qiymatlarning tez pasayişi bu bumni rağbatlantirmoqda: “yaşil” energiyaga sarmoyalar ösib, hozir qazilma yonilğidan ikki baravarga yaqin köpayyapti.
Parij kelişuvi imzolanganidan buyon qayta tiklanuvçi manbalardan işlab çiqariladigan global energiya uluşi uç barobardan köproq ortdi. 2024 yilda dunyo böyiça qayta tiklanuvçi manbalardan energiya işlab çiqariş rekord ösişga erişdi, ular hozir jahon elektr energiyasining 40 foizini ta’minlamoqda. Joriy yilning birinçi yarmida quyoş va şamol energetikasi elektr energiyasiga bölgan ösiş talabini töliq qoplab, birinçi bor kömirdan ustun keldi.
Britaniyaning Energy and Climate Intelligence Unit notijorat taşkiloti tahliliga köra, global quyoş quvvatlari hozir 2015 yil prognozlaridan tört barobar köp bölib, har uç yilda ikki baravarga ösmoqda, şamol energetikasi esa uç baravarga ortgan.
Xitoy bu sohada peşqadam: ötgan yili u dunyodagi barça davlatlarning jamidan köproq quyoş stansiyalarini örnatdi — ularning quvvati 2010 yilga nisbatan ming barobarga köpaygan.
Ötgan ön yillikda elektromobillarning umumiy avtomobil savdosidagi uluşi 1 foizdan deyarli törtdan bir qismgaça ösdi. Dunyo Parij maqsadlaridan biri — 2030 yilga qadar yöllarda 100 million elektromobil bölişi körsatkiçiga rejadan oldin yetişi mumkin.
Biroq bu taraqqiyotning muhim çeklanişlari bor. Qayta tiklanuvçi manbalar rekord yangilayotgani kabi, “eng iflos” qazilma yonilği — kömir ham ötgan yili rekord iste’mol körsatkiçiga yetdi. “Yaşil” energetikaga investitsiyalar ösayotgan bölsa-da, qazilma yonilğini davlat tomonidan moliyalaş ham — yiliga 1,6 trln dollar (1,37 trln yevro)ga köpaygan.
Mutaxassislar aytişiça, hozirgi çora-tadbirlar natijalari rejadagidan hali juda uzoq. Asr oxirigaça global harorat 2,6°C gaça ösadigan ssenariyning özi ham bugungi darajaga nisbatan bir yilda yana 57 ta öta issiq, hayot uçun xavfli kunlar qöşilişini anglatadi.
Braziliyaning Belen şahridagi konferensiya oldidan mamlakatlar iqlim özgarişiga qarşi kuraşda köproq sa’y-harakat qilişi töğrisida va’da bermoqda. Hozirgaça qabul qilingan majburiyatlar 2035 yilga borib taşlamalarni bor-yöği 10 foizga qisqartirişni közda tutadi.
“Iqlim böyiça amaliy harakatlar holati”ning 2025 yilgi hisobotiga köra, dunyo öz majburiyatlarini keskin kuçaytirişi va barça sektorlarda taşlamalarni qisqartiriş sur’atini tezlaştirişi zarur. Bu şu ön yillikda kömir iste’molini 10 barobarga kamaytiriş, örmonlarni köpaytiriş (qirilişini töxtatiş) böyiça sa’y-harakatlarni 9 barobar oşiriş, qayta tiklanuvçi energetika ösiş sur’atini ikki baravarga çiqariş, global iqlim moliyalaşini yiliga deyarli 1 trln dollargaça yetkaziş va dunyodagi eng iflos şaharlarda jamoat transporti infratuzilmasini tez sur’atda kengaytirişni öz içiga oladi.












