Hukumat işi töxtab qolgani sababli AQŞ NATO böyiça ittifoqçilarni qöllab-quvvatlaş uçun yetkazib berilişi lozim bölgan 5 mlrd dollarlik qurol-yaroğ eksportini ortga surdi. Bu haqda Axios AQŞ davlat departamenti vakiliga tayanib xabar berdi. 

«Bu ittifoqçi va hamkorlarimizga ham, Amerika sanoatiga ham real zarar yetkazadi», — degan davlat departamentining yuqori martabali vakili.

Uning sözlariga köra, şatdaun sababli Daniya, Xorvatiya va Polşaga qurollar yetkazib beriş töxtab qolgan. Gap xususan, AMRAAM raketalari, Aegis va HIMARS jangovar tizimlari haqida bormoqda.

Senat 1 oktyabrdan buyon hukumat budjetini tasdiqlay olmayapti. Demokratlarning soğliqni saqlaşga xarajatlarni oşirişni talab qilayotgani buning sabablaridan biri hisoblanadi. 

Budjet inqirozi bois davlat idoralari işi qisman yoki töliq töxtab turibdi — bu mamlakat tarixidagi eng uzoq şatdaun. 750 mingga yaqin xizmatçi maoşsiz ta’tilda, siyosiy kelişuv esa hali noaniq.

AQŞdagi budjet inqirozi 1996 yil boşida 22 kun, 2013 yilda 16 kun, 1995 yilda olti kun, 1990 va 2018 yillarda uç kundan davom etgan.