Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
AQŞda eng uzoq davom etgan «shutdown» tugadi
12 noyabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞ tarixidagi eng uzoq davom etgan hukumat faoliyati töxtatilişiga barham beruvçi qonunga imzo çekdi.
Bu, Qonunçilar palatasi — oziq-ovqat yordamini tiklaş, yuz minglab federal xodimlarga maoş tölaş va izdan çiqqan havo-harakatini boşqariş tizimini tiklaş böyiça ovoz berganidan bir neça soat ötgaç röy berdi.
Bu qonun 43 kunlik «shutdown» tufayli işdan töxtab qolgan federal xodimlarning 13 noyabrdan boşlab işga qaytişiga imkon beradi. Biroq hukumat xizmatlari va operatsiyalari qay darajada tez töliq tiklanişi hali noaniq.
«Biz bunday holatga yana heç qaçon yöl qöymasligimiz kerak», dedi Tramp Oval ofisida keçki imzo marosimida. U bu fursatdan demokratlarni tanqid qiliş uçun ham foydalandi. «Bu mamlakatni boşqarişning yöli emas», dedi u.
Kelişuv — hukumatni moliyalaştirişni 30 yanvargaça uzaytiradi. Reutersʼning yozişiça, bu — federal hukumatni 38 trln dollarlik qarziga yiliga yana taxminan 1,8 trln dollardan qöşib borişni davom ettiradi.
Ukrainada korrupsion mojaro
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy adliya vaziri German Galuşçenko va energetika vaziri lavozimini egallagan Svetlana Grinçuk «lavozimlarda qololmasligini» bildirdi. Bu murojaat 12 noyabr kuni, «Energoatom»dagi korrupsiya tergovi fonida aytildi.
«Bu iş işonç masalasidir. Agar ayblovlar bölsa, ularga javob beriş kerak. Vakolatdan çetlatiş haqidagi qaror — tezkor, eng şoşilinç çora. Men Ukraina boş vaziridan uşbu vazirlardan iste’fo töğrisida arizalar qabul qilişni söradim. Oliy Rada deputatlaridan esa bu arizalarni qöllab-quvvatlaşini iltimos qilaman. Keyin esa barçasi huquqiy maydonda hal etilişi lozim», — dedi Zelenskiy.
Zelenskiy, şuningdek, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşining uşbu işda tilga olinayotgan ikki şaxsga nisbatan sanksiyalar töğrisidagi qarorini imzolaşini ma’lum qildi.
Keyinroq Ukraina boş vaziri Yuliya Sviridenko, Zelenskiyning safdoşi, «Kvartal 95» studiyasi egasi Timur Mindiç va moliyaçi Aleksandr Sukermanga sanksiyalar joriy etiş taklifini kiritganini yozdi. Ikkalasi ham «Energoatom» işi böyiça tintuvlardan sal oldin Ukrainani tark etgan.
Ukraina Milliy korrupsiyaga qarşi byurosi şu hafta «Energoatom» davlat kompaniyasida yirik korrupsiya sxemasi foş etilganini ma’lum qildi.
Rasmiy bayonotga köra, «jinoiy taşkilot — 'Energoatomʼ kontragentlaridan şartnoma qiymatining 10–15 foizi miqdorida muntazam noqonuniy daromad olgan. Xususan, kontragentlarga yetkazib beruvçi maqomidan mahrum etmaslik uçun 'otkatʼ tölaş şarti qöyilgan».
Rubio Yevropa tanqidlarini qabul qilmadi
12 noyabr kuni AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Kanadaning Niagara mintaqasida bölib ötgan Katta yettilik — G7 taşqi işlar vazirlari yiğilişida qatnaşdi. Muzokaralar Ukraina va Ğazodagi uruşlarga qaratilgan bölsa-da, yiğilişda iştirok etgan ayrim davlatlar Tramp ma’muriyati Karib dengizidagi kemalarga qarşi zarbalari haqida xavotir bildirdi.
AQŞ harbiylari sönggi oylarda Karib dengizida va Tinç okeani qirğoqlari giyohvand moddalar taşiyotgan gumon qilingan kemalarga kamida 19 marta zarba bergan, natijada kamida 76 kişi halok bölgan.
Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barro seşanba kuni yiğiliş avvalida bu zarbalar «xalqaro huquqni buzadi» va Fransiyaning mintaqadagi hududlari uçun xavotir tuğdiradi, degandi.
Rubio esa Kanadadan jönab ketişidan oldin jurnalistlarga «G7 yiğilişida heç kim bu operatsiyalar haqida unga murojaat qilmaganini aytdi. Şuningdek, u «narko-terrorçilar»ni nişonga olayotgan zarbalar — giyohvand moddalarni Yevropaga jönatilişining ham oldini olayotganini aytdi.
«Men Yevropa Ittifoqi xalqaro huquq nima ekanini belgilaydi deb öylamayman. Ular, albatta, AQŞ öz milliy xavfsizligini qanday himoya qilişini belgilab bera olmaydi», dedi Rubio.
Rubioning aytişiça, AQŞ bu zarbalarni beriş uçun, razvedka ma’lumotlari borasida heç kimdan yordam söramagan.
AQŞ BMT Nizomining 51-moddasiga tayanib, öz harakatlarini oqlaydi. Mazkur modda davlatlarga qurolli hujumga qarşi özini himoya qiliş çoralarini körganda, BMT Xavfsizlik Kengaşini darhol xabardor qilişni talab qiladi.
Ötgan oyda mustaqil BMT ekspertlari guruhi, AQŞning izohlarini tan olgandi. Lekin «bu ayblovlar tasdiqlansa ham, xalqaro suvlar hududida qonuniy asos bölmasdan ölim kuçidan foydalaniş xalqaro dengiz huquqini buzadi va sudsiz qatlga teng bölişi» aytilgan.
Örtayer dengizida halok bölayotgan migrantlar
2025 yilda Markaziy Yevropaga Örtayer dengizini kesib ötişga urinib halok bölgan migrantlar soni allaqaçon 1 000 nafardan oşib ketdi. BMT Xalqaro migratsiya taşkilotining ogohlantirişiça, har bir yangi fojiadan keyin qurbonlar soni ösişda davom etmoqda.
Xususan, 8 noyabr kuni Liviya qirğoği yaqinida yuz bergan sönggi hodisada rezina qayiq ağdarilib ketdi. Unda bölgan 40 dan ortiq afrikalik migrantlar halok bölgan.
Tirik qolganlar ma’lumotiga köra, qayiqda 49 nafar migrant va qoçqinlar bölgan. Yölga çiqqanidan taxminan olti soat ötgaç, baland tölqinlar motorni işdan çiqargan. Faqat yetti erkak tirik qolgan: ular dengizda olti kun davomida turli buyumlarga ilaşib, suzib yurib omon qolgan. Qolgan 42 kişi bedarak yöqolgan va halok bölgan deb hisoblanmoqda.
«Markaziy Yevropaga Örtayer dengizi yönalişi böylab kelayotgan migrantlar va qoçqinlarning yana bir fojiasi — ular duç kelayotgan doimiy xatarlarni yana bir bor körsatmoqda», deyilgan taşkilot bayonotida.
Taşkilot mintaqaviy hamkorlikni kuçaytiriş, xavfsiz va qonuniy migratsiya yöllarini kengaytirişga doir çaqiriğini yana bir bor takrorladi.
Peruda ayançli YTH: 37 kişi halok böldi
12 noyabr kuni Peru va Çilini boğlaydigan toğli yöllarda avtobus çuqur jarga quladi. Oqibatda kamida 37 kişi halok böldi va önlab odamlar yaralandi.
Mahalliy OAV xabar berişiça, avtobus burilişda pikap bilan töqnaşib, yöldan çiqib ketgan va Okona daryosining qirğoğigaça 200 metr pastga qulagan. Avtobusda 60 nafar yölovçi bölgan.
Hodisa joyidan olingan suratlarda tik jar ostida loyga botgan avtobus, uning butunlay singan oynalari, qattiq zararlangan kuzovi va öpirilib tuşgan tom qismi körinadi. Ikkala haydovçi ham tirik qolgan.
Rasmiylar bildirişiça, politsiya mutaxassislari halokat sabablarini aniqlaydi.
Soğliqni saqlaş rasmiylariga köra, 36 kişi voqea joyida, bir nafari kasalxonada vafot etgan. Yana 25 kişi mahalliy şifoxonada davolanmoqda.
Hodisa yuzasidan tergov boşlangan va pikap haydovçisi qamoqqa olingan, deb ma’lum qildi prokuratura.
Peruda avtobus halokatlari keng tarqalgan, ayniqsa keçasi va toğli şoxbekatlarda. Bu köp hollarda yöl şaroitining yomonligi, ortiqça tezlik va xavfsizlik belgilarining yetişmasligi bilan boğliq.
Turkiyaning harbiy samolyoti qurbonlari qidirilmoqda
Seşanba kuni Gruziya–Ozarboyjon çegarasi yaqinida qulagan Turkiya harbiy yuk samolyoti halokatidan 19 nafar harbiyning jasadlari topildi, qolgan bir qurbonni izlaş işlari davom etmoqda.
Çorşanba kuni Anqaradagi AK partiya yiğilişida sözlagan prezident Erdöğan samolyotning «qora qutisi» topilgani va tergov işlari boşlanganini aytdi.
«Halokat joyida olib borilayotgan işlarni yaqindan kuzatib boryapmiz va voqeaning har bir jihatini oydinlaştiriş uçun zarur barça tekşiruvlar bexato amalga oşiriladi», dedi u.
Uning aytişiça, Turkiya bilan birga Gruziya va Ozarboyjonning barça resurslari qutqaruvga safarbar etilgan.
Erdöğan halokat borasidagi dezinformatsiyaga ehtiyotkor bölişga va «kir işlar bilan şuğullanadigan»larga imkoniyat bermaslikka çaqirdi.
Ayni vaqtda Turkiya dronlari va 46 kişilik tergov guruhi halokatni tekşiriş joyida işlamoqda. Ma’lum qilinişiça, barça askarlarining jasadlari Turkiyaga olib kelinadi.











