Murad Buildings’ning NRG quriliş kompaniyasidagi uluşi Qozoğistonning BI Group developer kompaniyasiga ötadi. Bu haqda NRG matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, qozoğistonlik developer BI Group va Murad Buildings “Great Silk Road Business Cooperation Forum” xalqaro biznes-forumida NRG uluşlarini BI Group’ga ötkaziş böyiça kelişuvga erişdi.

“NRG kompaniyasi NRG-BI brendi ostida va BI Group mahalliy boşqaruv jamoasi bilan işlaşni davom ettiradi. Murad Buildings özining noyob loyihalarini rivojlantirişga e’tibor qaratadi”, deyiladi xabarda.

Kompaniya bitim summasi va şartlari oşkor etilmasligini bildirgan.

“NRG mijozlari, xodimlari va hamkorlari uçun bu özgarişlar majburiyatlarning saqlanişi hamda belgilangan yönalişning izçil davom etişini anglatadi. Xizmat körsatiş standartlari takomillaştiriladi, amaldagi va işga tuşirilgan loyihalar böyiça kelişuv şartlari özgarmaydi”, — deyiladi kompaniya xabarida.

“Beş yillik hamkorligimiz biz uçun qimmatli tajriba böldi. Şu davr mobaynida NRG bir qator muhim va betakror loyihalarni amalga oşirdi. Işonçim komilki, BI Group’dagi hamkasblarimiz boşqaruvi ostida NRG bundan buyon ham şunday tez va sifatli qurilişni davom ettiradi”, — deya izoh bergan Murad Buildings asosçisi va NRG hammuassisi Murod Nazarov.