“Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va taşkilotlari röyxati hamda lavozimlarining davlat reyestriga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi buyruq Adliya vazirligi tomonidan davlat röyxatidan ötkazildi.
Hujjatga muvofiq, davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va taşkilotlari röyxatiga quyidagi tuzilmalar kiritilmoqda:
- Telekommunikatsiyalarni tartibga soliş agentligi;
- Yengil sanoatni rivojlantiriş agentligi;
- Kasbiy ta’lim agentligi.
Şu bilan birga, Respublika, hududiy va tuman (şahar) darajasidagi davlat organlari davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri qator yangi lavozimlar bilan töldirildi.
Jumladan:
- vazirlik va idoralarda 16 ta turli lavozim (axborot xizmati rahbari (matbuot kotibi), boş inspektor, boş maslahatçi, boş yuriskonsult va boşqalar);
- hududiy bölinmalarda 14 ta turli lavozim (matbuot kotibi, devonxona mudiri, yetakçi maslahatçi, katta maslahatçi va boşqalar) kiritilmoqda.
Mazkur özgarişlar davlat fuqarolik xizmati tizimini yanada institutsional jihatdan mustahkamlaş, davlat organlarida kadrlar boşqaruvini zamonaviy talablar asosida yölga qöyişga xizmat qilişi qayd etilmoqda.












