Toşkent şahar hokimiyatida poytaxt hokimi Şavkat Umrzoqov Nyu-York şahar meri Erik Adams boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv ötkazdi.

Suhbat davomida tomonlar yirik şaharlarni rivojlantirişning dolzarb masalalarini muhokama qilib, şahar infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, jamoat infratuzilmasi, transport va kommunal xizmatlar sohasidagi tajribalari bilan örtoqlaşdi. Şuningdek, Toşkent va Nyu-York örtasidagi hamkorlikning istiqbolli yönalişlari körib çiqildi.

Toşkent şahar hokimi mehmonlarni “Toşkentni 2030 yilgaça rivojlantiriş strategiyasi”ning asosiy yönalişlari bilan taniştirdi. “Yangi Toşkent” loyihasi, “Yangi avlod” sanoat zonasini barpo etiş, yangi jamoat maskanlari va şahar muhitini yaxşilaşga qaratilgan yirik investitsiya loyihalari taqdim etildi.

Uçraşuvda Toşkentda transport tizimi, logistika va kommunal xöjalik sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar töğrisida ma’lumot berildi. Şuningdek, Marriott, Wendy’s, Pepsi (AQŞ), DP World (BAA), VEOLIA (Fransiya) va boşqa xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan loyihalar haqida söz yuritildi.

Nyu-York şahar meri Erik Adams Özbekistondagi islohotlar sur’atini yuqori baholab, prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oşirilayotgan özgarişlar kölami unda katta taassurot qoldirganini ta’kidladi. U Toşkentning rivojlaniş yönalişi töğri tanlanganini, bu esa xalqaro aloqalarni mustahkamlaş uçun yangi imkoniyatlar yaratayotganini qayd etdi.

Erik Adams Toşkent va Nyu-York örtasidagi hamkorlikni yanada çuqurlaştirişga tayyorligini bildirib, uşbu taşrif Toşkentda amalga oşirilayotgan islohotlar va loyihalar bilan yaqindan tanişiş imkonini berganini ta’kidladi.

Uçraşuv yakunida tomonlar şaharlarni kompleks rivojlantiriş, madaniyat, innovatsiya va iqtisodiyot sohalarida uzoq muddatli hamkorlik uçun asos böladigan Toşkent va Nyu-York örtasida şeriklik bitimi loyihasini tayyorlaşga kirişiş töğrisida kelişib oldi.