2026 yilda issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari oşiriladi, dedi «Issiqlikta’minoti» AJ boşqaruv raisi Ilhom Törayev Quriliş va uy-joy xöjaligi vazirligi tomonidan e’lon qilingan videoda.
Uning qayd qilişiça, issiq suv va issiqlik tariflarining oşirilişiga tabiiy gaz, elektr energiya, suv — uçta asosiy resurs narxlarining oşişi sabab böladi.
«Ularning narxiga qarab özimizning narxlarimizni qayta körib çiqişga majbur bölamiz. Buni har doim aholiga oğirligi tuşmaydigan holda qilişni rejalaştiramiz», dedi u.
Ilhom Törayev tariflar qança miqdorda oşirilişiga aniqlik kiritmadi. Uning ta’kidlaşiça, işlab çiqariş tannarxini tuşiriş orqali issiqlik ta’minoti sohasini subsidiyalaş töxtatiladi.
«Bugungi kunda, bir gigakaloriya (Gkall) issiq suv işlab çiqariş tannarxi hududlar kesimida örtaça 500 ming söm bölsa, uning 75-80 foizi davlat tomonidan subsidiya sifatida qaytariladi. Bu insonlar qiynalmasligi uçun davlat tarafidan berilgan bir yengillik — subsidiya. Qaçongaça subsidiyada qolamiz, qaçon tannarxga çiqamiz, degan savol tuğilişi tabiiy. Men aniq aytaman: bizda işlab çiqariş tannarxini tuşirgan holda subsidiyadan çiqib ketiş belgilangan. Töğri, aholiniki ham oşadi, qançadir miqdorda aholiga ham yuk tuşadi. Lekin birinçi navbatda bizning korxonalarning oldida qöyilgan vazifa — bu işlab çiqariş tannarxini tuşiriş», dedi Ilhom Törayev.
Eslatib ötamiz, issiqlik ta’minoti uçun davlat tomonidan 2026 yilda 4,2 trln söm, 2027 yilda 4,7 trln söm subsidiya berilişi közda tutilgan. Mamlakatda 2030 yilgaça issiq suv va issiqlik ta’minotini subsidiyalaşdan töliq voz keçiş rejalaştirilgan.












