Hindistonlik aktyor Dharmendra (töliq ismi - Dharmendra Keval Krişan Deol) 89 yoşida vafot etdi, deb xabar berdi Hindustan Times. Naşr ma’lumotlariga köra, ikki hafta oldin aktyor özini yomon his qilgani uçun Mumbaydagi şifoxonaga yotqizilgan. Variety gazetasining yozişiça, aktyorning nafas olişida muammo bölgan.
Hindiston boş vaziri Narendra Modi aktyorning oilasiga hamdardlik bildirdi. «Dharmendra Ji ölimi hind kinosida butun bir davrning tugaşini bildiradi. U maşhur şaxs, har bir roliga joziba va çuqurlik olib kirgan fenomenal aktyor edi», deb yozdi Modi X ijtimoiy tarmoğida.
Dharmendra kinodagi faoliyatini 1960-yillarda boşlagan. U 250 dan ortiq filmlarda rol öynagan. Ular orasida özbekistonliklarga yaxşi taniş «Zita va Gita», «Qasos va qonun», «Sevimli Raja», «Bitta umr kam bölganda» kabi filmlar bor.
1980-yillarda u Vijayta Films prodyuserlik kompaniyasiga asos soldi. Aktyorlik va prodyuserlikdan taşqari, Dharmendra siyosat bilan ham şuğullangan. 2004 yildan 2009 yilgaça u Hindiston parlamentining quyi palatasi a’zosi va «Bharatiya Janata» partiyasi vakili bölgan.












