Qozoğiston, Özbekiston va Birlaşgan Arab Amirliklari yangi Qozoğiston - Özbekiston - Afğoniston - Pokiston (CASA) temiryöl yönalişi loyihasini birgalikda tayyorlaşga kelişib oldi. Uşbu loyiha Pokiston dengiz portlariga çiqiş imkonini berişi nazarda tutilmoqda.
Qozoğiston boş vaziri matbuot xizmati xabariga köra, tegişli özaro anglaşuv memorandumini Özbekiston va Qozoğiston Transport vazirliklari hamda BAA Energetika va infratuzilma vazirligi vakillari imzoladi.
CASA loyihasi Markaziy va Janubiy Osiyo örtasidagi transport aloqalarini mustahkamlaş, şuningdek, xalqaro yuk taşuvlari, savdo, logistika va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratişga qaratilgani taʼkidlangan.
Hujjatga köra, tomonlar yaqin orada texnik va iqtisodiy tadqiqotlar hamda tahliliy baholaşni ötkazişi, zarur temiryöl infratuzilmasi va unga aloqador obyektlarni quriş maqsadga muvofiqligini örganişi kerak. Şuningdek, loyihaning texnik, iqtisodiy va moliyaviy jihatlarini atrofliça işlab çiqiş uçun maxsus işçi guruh tuziş rejalaştirilmoqda.
Taʼkidlanişiça, Markaziy Osiyo davlatlari rivojlangan temiryöl tarmoği va yuqori tranzit salohiyatiga ega bölsa, BAA tomoni yirik infratuzilma va logistika loyihalarini moliyalaştiriş hamda amalga oşiriş böyiça xalqaro tajribasini safarbar etadi.
Uşbu imkoniyatlarning birlaşişi CASA loyihasini amaliy bosqiçga ötkaziş va uni amalga oşirişning eng maqbul mexanizmlarini belgilab olişga xizmat qilişi kutilmoqda.

















