Yevropa Ittifoqi (YeI) va Afrika Ittifoqi (AI)ga a’zo davlatlar bu ikki qit’a örtasida yanada yaqinroq hamkorlikni muhim, deb hisoblaydi. «Kelajakka nazar taşlar ekanmiz, hamkorligimizni yanada rivojlantiriş va yangi imkoniyatlarni oçiş niyatidamiz», — deyiladi Angola poytaxti Luandada bölib ötgan ikki kunlik sammit yakunlariga bağişlab seşanba, 25 noyabr kuni e’lon qilingan YeI va AIning qöşma deklaratsiyasida.
Hujjatda, ayniqsa, iqtisodiyot, savdo va investitsiyalar sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratilgan. Şuningdek, deklaratsiyada tomonlarning Afrikada iqlim özgarişiga qarşi kuraş çoralarini moliyalaştiriş va qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş böyiça avvaldan olingan majburiyatlari esga olingan.
Har ikki taşkilot butun dunyo böylab mojarolarni hal etiş zarurligini ta’kidladi. «Biz Ukrainada, bosib olingan Falastin hududida, Sudanda, Janubiy Sudanda, Kongo Demokratik Respublikasi (KDR)da, Sahelda, Somalida va dunyo böylab boşqa uruşlar va mojarolarda adolatli, har tomonlama va barqaror tinçlikka bölgan qat’iy qöllab-quvvatlovimizga yana bir bor işora qilamiz», — deyiladi qöşma bayonotda.
Yevropa va Afrika Ittifoqi Sudanning Şimoliy Darfur viloyatidagi vaziyatdan «juda taşvişda» ekanini bildirdi. «Biz Al-Faşirda Yaqinda Tezkor reaksiya kuçlari (RSF) tomonidan şaharni egallab olişdan keyin sodir etilgan qatl etiş holatlarini qoralaymiz va butun mamlakat böylab harbiy harakatlarni darhol töxtatiş hamda gumanitar yordam uçun tösiqsiz kirişni ta’minlaşga çaqiramiz», — deyiladi deklaratsiyada.
Har ikki tomon demokratiya, samarali boşqaruv, qonun ustuvorligi, inson huquqlari va OAV erkinligiga sadoqatini tasdiqladi. Biroq dpa agentligi ta’kidlaşiça, bayonotda köplab Afrika davlatlarida siyosiy raqiblarga nisbatan munosabat, norozilik namoyişlarini kuç işlatib tarqatiş yoki inson huquqlari buzilişlari haqida heç narsa deyilmagan.












