Sinoptik ma’lumotlarga köra, Özbekiston hududi böylab sovuq antitsiklon ta’siri 5 dekabrgaça saqlanib turadi.

29 noyabrdan boşlab sovuq antitsiklon yanada kuçayişi natijasida atmosfera bosimi kötarilişi, havo harorati pasayişi, keçalari sovuq, kunduz kunlari esa kuçsiz iliq ob-havo kuzatilişi kutilmoqda.

Sovuq antitsiklonga xos bölgan ertalabki tuman holatlari ham yuzaga kelişi mumkin.

Yuqori bosimli maydonning ta’siri keyingi 10 kun davomida saqlanib turişi prognoz qilinmoqda.

Özgidromet avvalroq inversiya 29 noyabrgaça davom etişi haqida ma’lum qilgan edi. Biroq yangilangan sinoptik tahlillar şuni körsatmoqdaki, sovuq antitsiklon davom etişi fonida inversiya hodisalari kutilganidan uzoqroq davom etadi.

Uzoq muddatli inversiya çang, tutun va mayda zarraçalar konsentratsiyasining oşişiga, quyuq tuman hodisalari köpayişiga olib kelişi mumkinligi qayd etilmoqda.

Taqdim etilgan infografikalardagi 28 noyabrdan keyingi ma’lumotlar prognoz xususiyatiga ega ekani alohida ta’kidlanmoqda.