Milliy statistika qömitasi 2025 yilning noyabr oyidagi iste’mol bozori dinamikasi yuzasidan navbatdagi hisobotini e’lon qildi. Rasmiy ma’lumotlarga köra, uşbu oyda iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari örtaça 0,7 foizga qimmatlaşgan.
Şu bilan birga, yillik iste’mol narxlari indeksi (INI) 2025 yil noyabrda 107,5 foizni taşkil etdi. Bu 2024 yil noyabrida qayd etilgan 110,0 foizlik körsatkiçdan 2,5 foiz bandga past bölib, inflatsiyaning yillik sur’ati sekinlaşganini körsatadi.
Noyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari örtaça 1,0 foizga, nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,5 foizga, aholiga körsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,3 foizga qimmatlaşgani kuzatildi.
Inflatsiyaga asosiy ta’sir körsatgan oziq-ovqat mahsulotlari quyidagilar böldi (narxlar ösişi):
bodring – 96,0 foiz, pomidor – 82,2 foiz, bulğor qalampiri – 61,2 foiz, baqlajon – 51,7 foiz, uzum – 12,1 foiz, anor – 7,9 foiz, qovoq – 5,4 foiz, olma – 4,7 foiz, mandarin – 4,5 foiz, şaftoli – 3,7 foiz, tarvuz – 3,4 foiz, qovun – 3,4 foiz, tovuq tuxumi – 2,4 foiz, quy göşti – 0,8 foiz, kartoşka – 0,7 foiz, birinçi navli buğdoy uni – 0,5 foiz, mol göşti (suyaksiz göştidan taşqari) – 0,3 foiz.
Şu bilan birga, ayrim mahsulotlar narxining pasayişi inflatsiya bosimini kamaytiruvçi omil böldi. Jumladan:
- sabzi – –26,1 foiz, şolğom – –7,1 foiz, barça navdagi guruç va guruç oqişoği – –4,5 foiz, loviya – –4,2 foiz, şakar – –2,9 foiz, piyoz – –2,5 foiz, banan – –1,3 foiz, parranda göşti – –1,2 foiz.
Nooziq-ovqat mahsulotlari kesimida esa quyidagi tovarlar narxlarida ösiş qayd etildi:
- propan – 7,4 foiz, benzin – 1,7 foiz, sement – 1,4 foiz, kiyim va poyabzal – 0,7 foiz.
Hisob-kitoblar uçun respublika böylab 10 mingdan ortiq savdo va xizmat körsatiş nuqtalarda 195 mingga yaqin narxlar qayd etildi. Jami 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari hamda 90 turdagi xizmatlar narxlari monitoring qilindi.












