Bu yilgi dekabr oyida harorat tartibi böyiça örtaça iqlim me’yoridan 1−1,5 daraja yuqori bölişi kutilmoqda, deya xabar qildi Özgidromet.

1–3 dekabr kunlari respublika böyiça qiş faslining boşi uçun biroz iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Hududning katta qismida havo harorati keçalari –3…+2 daraja, kunduz kunlari +12…+15 daraja böladi.

4–5 dekabr kunlari respublika hududi böyiça ba’zi joylarda yomğir yoğişi mumkin. Kunduzi harorat +3…+6 darajagaça pasayadi. 6–7 dekabrda Özbekistonning katta qismida yoğingarçilik kutilmaydi va harorat +12…+15 darajagaça kötariladi.

Keyinçalik oy oxirigaça harorat keçalari 0…+5 darajadan –2…–7 darajagaça, kunduz kunlari +10…+15 darajadan 0…+5 darajagaça özgarib turadi. Oyning ayrim kunlarida (2–4 kun) yomğir va qor körinişidagi yoğingarçilik böladi.

Ikkinçi va uçinçi ön kunliklarda harorat keçalari –2…–7 darajadan 0…+5 darajagaça, kunduz kunlari +2…+7 darajadan +10…+15 darajagaça özgarib turadi.

Ötgan yillarda dekabr qanday bölgan?

Sinoptiklarga köra, örtaça dekabr oyi kuzning oxirgi oyidan 4–6 darajaga sovuqroq böladi. U Özbekistonga qişning ilk belgilarini olib kiradi: keçalari radiatsiyaviy soviş kuçayadi, harorat manfiy darajagaça pasayadi.

Dekabr yilning eng tumanli oylaridan biridir, oyda örtaça 5–8 kun tumanli kunlar kuzatiladi, ammo ba’zi yillarda tumanli kunlar soni 10–15 kunga yetadi. Şu bilan birga, bu oyda qişga xos bölmagan iliq davrlar qayd etilib, bunda harorat +15…+20 darajagaça kötariladi, ba’zida esa undan ham yuqori böladi.

Uşbu asrda 2002, 2006, 2011, 2012, 2020 va 2022 yillarning dekabr oylari sovuq (me’yordan 2–4 darajaga past) bölgan. Sönggi 50 yil içida 1984 yil dekabri eng sovuq bölgan. 1984 yilgisida örtaça oylik harorat me’yordan 7–12 darajaga past bölişi qayd etilgan. Bunday ahamiyatli harorat anomaliyasi juda kamdan kam hollarda uçraydi. Meteorologik kuzatuvlarning barça qatori uçun şunga öxşaş dekabr oylari 1877 va 1920 yillarda kuzatilgan.

Respublika hududining katta qismida sovuqlar çöqqisida havo harorati –20…–25 darajagaça, ba’zi joylarda –27 darajagaça, eng çekka janubda –9…–14 darajagaça pasayişi qayd etilgan. Oyning katta qismida sovuq havo hatto kunduz kunlari ham saqlanib turgan.