Rossiya va Ukraina örtasidagi katta uruş Qora dengizni savdo kemalari qatnovi uçun eng xavfli joyga aylantirdi, deb yozmoqda Financial Times. 2026-yil boşidan buyon u yerda kamida 40 dengizçi halok bölgan. Taqqoslaş uçun – AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi tufayli qatnov qiyinlaşgan Hörmuz böğozida bu davrda halok bölgan dengizçilar soni 24 nafarni taşkil etadi.

Ambrey kompaniyasi va Xalqaro dengiz taşkiloti maʼlumotlariga köra, yil boşidan buyon Qora dengizda 570 dan ortiq kema zarbaga uçragan. Ulardan ayrimlariga tasodifan hujum qilingan, aksari esa qasddan nişon sifatida tanlangan – Rossiya ham, Ukraina ham eksport daromadlaridan mahrum etiş uçun bir-birining dengiz orqali taşuvlariga xalal berişga intilmoqda.

Endi Qora dengizdagi harbiy xavf-xatarlarni suğurtalaş narxi kema korpusi qiymatining 15 foizigaça yetişi mumkin. Bu Fors körfazi kemalari uçun belgilangan stavkadan deyarli ikki baravar yuqori. Harbiy xavf-xatarlar xavfi eng yuqori bölgan hududlar esa Ruminiya, Bolgariya va Turkiyaning hududiy suvlaridan taşqari deyarli butun Qora dengiz akvatoriyasini qamrab oladi.

Yaqin Şarqdan Hörmuz böğozi orqali neft taşiş endi foydaliroq va xavfsizroq bölib qoldi. Şu tufayli kemaçilik kompaniyalari Qora dengizda işlaşdan boş tortişi yoki suğurtalaş arzonroq tuşadigan eski kemalardan foydalanişi tobora köproq uçramoqda.

Ekipaj aʼzolari Suriya, Misr va Ozarboyjondan yiğiladi. FT naşri maʼlumotiga köra, suriyalik dengizçilar Qora dengizda bir oyda 800 dollar atrofida mablağ işlab topadi. Harbiy harakatlar zonasida ötadigan har bir kun uçun ularga ikki hissa haq vaʼda qilinadi. Kema hujumga uçraşi oqibatida halok bölgan taqdirda, uning oilasiga 25 mingdan 50 ming dollargaça tovon puli tölanadi.

Sentabr oyida Ukraina pilotsiz tizimlar kuçlari boşliği Robert Brovdi ukrain harbiylari ön bir hafta davom etgan amaliyot doirasida rossiyaliklarning 300 dan ortiq kemasiga zarba berganini maʼlum qilgandi. Bu amaliyot vaqtida nafaqat sanksiya ostidagi tankerlar, balki ğalla taşuvçi yuk kemalari ham nişonga aylangan.

Bunga javoban Rossiya ham Ukraina portlaridan foydalanuvçi kemalar böylab zarba berişni kuçaytirdi. Ambrey kompaniyasi hisob-kitoblariga köra, sönggi 45 kun içida Rossiyaning Qora dengiz akvatoriyasidagi hujumlarining 90 foizga yaqini savdo kemalariga töğri kelgan.

Zarbalar jahon böylab yoqilği va oziq-ovqat taʼminotiga taʼsir körsatadi. Sentabr oyida Rossiya ğallasi eksporti ötgan yildagiga nisbatan 52 foizga kamaygan, Ukraina esa prognoz qilingan qişloq xöjaligi mahsulotlarining faqat yarmini eksport qila olmoqda. Kpler maʼlumotlariga köra, sentabr oyida Rossiyaning dizel yoqilğisi eksporti ötgan yildagiga nisbatan kuniga 467 ming barrelga kamaygan.