Minglab suriyaliklar yakşanba, 7 dekabr kuni, Germaniyaning bir qator şaharlarida — Suriyada isyonçilar tomonidan sobiq prezident Başar Asadning diktatorlik rejimi ağdarilganining bir yilligi arafasida bayramona aksiyalar ötkazdi.

WDR mediakompaniyasi Essen politsiyasiga tayanib xabar berişiça, Şimoliy Reyn–Vestfaliya federal yerida joylaşgan uşbu şaharda bayram tadbirlarida taxminan 10 000 suriyalik iştirok etgan. Tuşdan boşlab odamlar markaziy temiryöl vokzali atrofida töplana boşlagan. Qöllarida Suriya bayroqlari bölgan odamlar harakatlangan, avtomaşinada kelganlar Suriya bayroqlarini osgan holda signal bergan.

Kunning ikkinçi yarmida şahar markazida yöl uçastkalarining odamlar bilan tölib ketişi sababli avtotransport harakati vaqtinça izdan çiqqan. Politsiya aksiya ötkazilayotgan hududni örab olgan. Umuman olganda, tadbir tinç tarzda ötgani qayd etilgan, ammo politsiya bir neça marotaba pirotexnika yoqiş holatlarini va “taqiqlangan bayroq namoyiş etilgani”ni hujjatlaştirgan.

Berlinda, rbb mediakompaniyasi xabar berişiça, köça bayramlarida taxminan 3000 kişi iştirok etgan, garçi politsiya ma’lumotlariga köra, avvaldan faqat 300 kişi kelişi möljallangan edi. Ular Aleksanderplats maydonidan Brandenburg darvozasigaça yuriş uyuştirgan. Xabarda aytilişiça, aksiya xotirjam va tinç ötgan.

Saksonya-Anhalt federal yeridagi Galle şahrida ham, Du bist Halle onlayn-naşri yozişiça, Asad rejimi ağdarilişi bir yilligini nişonlaş uçun yuzlab suriyaliklar yiğilgan.

Uşbu şaharlardagi tadbirlarda qatnaşganlar va ularni taşkil etuvçilarning sözlariga köra, vatanida fuqarolik uruşi boşlanganda Germaniyaga qoçib kelgan köp suriyaliklar Suriyadagi hayot şaroiti yaxşilanişi bilan birga uyga qaytişga tayyor.

Nordkurier onlayn-naşri keltirgan Markaziy çet elliklar registri ma’lumotlariga köra, 2025 yil sentabr oxiriga kelib Germaniya hududida taxminan 948 000 nafar Suriya fuqarosi bölgan. Bu — 2024 yil oxiriga nisbatan uç foizga kam. Naşr ta’kidlaşiça, GFRda röyxatdan ötgan suriyaliklar soni kamayişining bir neçta sababi bölişi mumkin.

“Ularning bir qismi Germaniya fuqaroligini oldi. 2023 va 2024 yillarda mos ravişda 75 500 va 83 200 suriyalik Germaniya fuqaroligini qölga kiritgan. Şu tariqa suriyaliklar Germaniya fuqarosiga aylangan eng yirik çet elliklar guruhini taşkil etmoqda”, — deyiladi naşrda.

Vatanga qaytiş masalasida esa, Federal statistika idorasi ma’lumotlariga köra, joriy yilning yanvaridan sentabrigaça 21 800 suriyalik Germaniyani tark etgan. Ular aynan qaysi mamlakatlarga köçib ötgani statistikada körsatilmagan.

Başar Asad 2000–2024 yillarda Suriya prezidenti lavozimini egallagan. 2011 yilda u hukumatga qarşi paydo bölgan norozilik namoyişlarini kuç bilan bostirdi, şundan söng mamlakatda fuqarolik uruşi boşlandi. 2015 yildan e’tiboran Asadga Rossiya faol ravişda yordam bera boşladi. Masalan, 2016 yilda Rossiya Havo-kosmik kuçlari Halab şahrini qattiq bombardimon qilganidan keyin, hukumat qöşinlari Asadga qarşi bölgan kuçlardan uşbu şaharni qayta tortib oldi.

Xalqaro taşkilotlar Asad va uning atrofidagilarni bir neça bor inson huquqlarini buziş va uruş jinoyatlarida ayblab kelgan. Ular orasida ommaviy qatllar, kimyoviy qurollardan foydalaniş va fuqarolik obektlarini bombardimon qiliş holatlari tilga olingan.

Ğarb mamlakatlarining köpçiligida va Rossiyada terroristik guruh sifatida tan olingan “Hay’at Tahrir aş-Şom” guruhi va unga ittifoqçi qurolli muxolifat tuzilmalari 2024 yil noyabri oxirida şimoldan Damaşq tomon ilgarilab, 2024 yil dekabri boşida Suriya poytaxtiga yetib borişga, şuningdek hukumat tuzilmalari qarşiligisiz deyarli butun mamlakat böylab hokimiyatni qölga kiritişga muvaffaq böldi. Natijada prezident Başar Asad va uning atrofidagilar hokimiyatdan ağdarildi.

Qöşinlar va xavfsizlik tuzilmalari urişmay deyarli butunlay çekingan. Asad mamlakatni tark etdi va Rossiyadan siyosiy boşpana oldi.

Yangi suriya hokimiyati Rossiyadan uni ekstraditsiya qilişni talab qildi, ammo Rossiya prezidenti Vladimir Putin uni topşirişdan boş tortdi.