Germaniya havo hududida uçuvçisiz apparat (dron)lar bilan yölovçi samolyotlarning xavfli yaqinlaşuv holatlari tobora köproq qayd etilmoqda. 2025 yil yanvaridan noyabrigaça aviatsiya uçun xavf tuğdirgan dronlar bilan boğliq 208 ta hodisa röyxatga olingan. Taqqoslaş uçun: ötgan yilning xuddi şu davrida 149 ta bunday holat qayd etilgan, deb yozadi dpa agentligi 7 dekabr, yakşanba kuni, Germaniya parvozlar xavfsizligi agentligi (Deutsche Flugsicherung, DFS) ma’lumotlariga tayanib.
Bu körsatkiç 2024 yildagi yillik rekord – 161 ta hodisadan ham yuqori. DFS ma’lumotlariga köra, odatda dronlar fuqarolik samolyotlariga yoki havo transporti infratuzilmasi obektlariga xavfli darajada yaqin kelib qolişi qayd etiladi. Dronlar paydo bölişi sababli aeroportlar işi bir neça bor vaqtinça töxtatilgan. Ularni kim boşqarayotgani esa köp hollarda noma’lum bölib qolmoqda. Hukumat organlari bu hodisalar ortida razvedka yoki terrorçi maqsadlar bölişi ehtimolini inkor etmayapti.
Köpinça dronlar haqidagi xabarlar havoga kötarilayotgan yoki qönayotgan samolyotlar pilotlaridan, şuningdek, dispetçerlik minoralaridagi kuzatuvçilardan tuşadi. Bundan taşqari, joriy yildan boşlab federal politsiya boşqaradigan maxsus dron aniqlaş tizimlari ham qöllana boşladi. DFS ta’kidlaşiça, monitoring kuçaygani ham qayd etilgan hodisalar soni oşişiga ta’sir körsatgan bölişi mumkin.
Agentlik ma’lumotlariga köra, dronlarning deyarli uçdan tört qismi (74 foizi) yirik aeroportlar yaqinida payqalgan. Germaniyadagi eng yirik havo habi bölgan Frankfurt-Mayn aeroportida 2025 yilning 11 oyi mobaynida 45 ta hodisa qayd etilgan, ötgan yilning xuddi şu davrida esa bor-yöği 17 ta holat bölgan. Bir dron operatori uşlangan.
Dronlar haqida köplab ogohlantirişlar Kyoln/Bonn (14 ta holat), Hamburg (13) va Myunxen (12) aeroportlarida ham kuzatilgan. Berlin aeroportida 8 ta hodisa qayd etilgan.
Germaniya qonunçiligiga köra, uçuvçisiz apparatlardan uçiş-qöniş yölaklari hududi atrofida 1,5 kilometr radiusda foydalaniş taqiqlangan. Bunday qoidalarni buziş havo harakatiga xavfli tarzda aralaşuv sifatida baholanadi va unga nisbatan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllanişi mumkin.












