Yaponiyada 7,2 magnitudali zilzila sodir böldi, deb xabar berdi mahalliy NHK naşri.

Zilzila markazi dengizda, Xonsyu orolining şimoliy qismidan taxminan 80 kilometr şarqda joylaşgan.

Yer silkinişlari Aomori prefekturasida eng kuçli sezildi. Vayronagarçilik va jabrlanganlar haqida xabar berilmadi.

Zilziladan keyin sunami xavfi e’lon qilindi.

Zilzila 2025 yil boşidan beri Yaponiyada magnitudasi böyiça eng kuçlisi böldi. Bungaça eng kuçli zilzila 9 noyabr kuni Ivate prefekturasi qirğoqlarida sodir bölgan edi. Uning magnitudasi 6,8 ball edi. Oqibatda kiçik sunami yuzaga keldi, qurbonlar bölmadi.