BMTning Aholişunoslik bölimi prognoziga köra, aholi ösişi asosan Afrika va Osiyoning ayrim hududlarida jamlanadi, Yevropa, Amerika va Okeaniyada esa ösiş sekinlaşadi yoki uzoq muddatli qisqariş kuzatiladi.

Bu özgarişlar yaqin ön yilliklarda iqtisodiyotni, migratsiya oqimlarini va geosiyosiy kuçlar muvozanatini tamoman özgartirib yuborişi kutilmoqda.

Sönggi baholarga köra, 2100 yilga borib Afrika aholisi 3,8 milliard kişiga yetadi — bu hozirgi körsatkiçdan uç baravardan köproq. Hozir dunyo aholisining qariyb 60 foizi yaşaydigan Osiyo aholisi esa taxminan 4,6 milliardgaça qisqaradi.

Şu orada Yevropa aholisi prognozlarga köra 592 million kişigaça tuşib ketadi, Lotin Amerikasida esa aholi 380 milliongaça kamayadi — bu aholining qarişi va tuğiliş darajasining barqaror pastligi bilan izohlanadi. Şimoliy Amerika aholisi asosan migratsiya hisobiga salmoqli bölmagan tarzda 710 milliongaça ösadi, Okeaniyada esa aholi 73 millionga yetadi.

World Visualized

Bu raqamlar köplab davlatlar allaqaçon jiddiy demografik muammolarga duç kelayotgan bir davrda e’lon qilinmoqda. 2025 yilda Yaponiya va Italiya kabi mamlakatlar işçi kuçining qisqarişi va boqimandalik koeffitsiyentining ortişiga moslaşişga majbur bölmoqda. Bu esa hukumatlarni mehnat siyosati, immigratsiya qoidalari va ijtimoiy ta’minot tizimlarini qayta körib çiqişga undamoqda.

BMT bir neça bor demografik nomutanosiblik iqtisodiy ösiş, energiya iste’moli va hatto iqlim strategiyalariga ta’sir körsatadigan asosiy global muammoga aylanayotgani haqida ogohlantirgan.

Afrikada kutilgan demografik «portlaş» qit’aning yoş aholi tarkibi va soğliq körsatkiçlarining yaxşilanişi bilan izohlanadi. Hozir Afrikada örtaça yoş taxminan 19 yoşni taşkil etadi, Yevropada esa bu 42 yoş atrofida.

Agar bu ösiş oqilona boşqarilsa, XX asr oxirida Xitoyning jadal rivojlanişiga turtki bölgan demografik «şiddat»ga öxşaş holda, kuçli iqtisodiy drayverga aylanişi mumkin. Biroq BMT ogohlantiradi: ta’lim, infratuzilma va iş örinlari yaratişga jiddiy investitsiyalarsiz bu qadar tez ösiş ijtimoiy tengsizlikni kuçaytirişi va davlat xizmatlarini keskin zöriqtirişi mumkin.

Osiyo aholisining kutilgan qisqarişi esa mutlaqo boşqa muammoni aks ettiradi. Xitoyda aholi qisqarişi allaqaçon boşlangan, Hindiston esa taxminlarga köra, asr örtalariga borib barqarorlaşib, şundan söng pasayiş fazasiga ötadi.

Tuğiliş darajasining pasayişi — köpçilik Osiyo mamlakatlari uçun umumiy tendensiya — kelajakdagi iqtisodiy samaradorlik böyiça xavotir uyğotmoqda. Qator Osiyo davlatlari hukumatlari tuğilişni oşiriş uçun moliyaviy imtiyozlar taklif qilmoqda, biroq hozirça bu çoralarning natijalari kamtarona, sezilarli emas.

Şu bilan birga, Yevropa va Lotin Amerikasining bir qismi dunyodagi eng tez demografik qisqarişga duç kelişi mumkin. Bu mintaqalarda allaqaçon maktablar yopilişi, işçi kuçining yetişmasligi va iqtisodiyotni uşlab turiş uçun migratsiyaga boğliqlik ortib borayotgani kuzatilmoqda.

Şimoliy Amerika esa, asosan migratsiya hisobiga, nisbatan demografik barqarorligi bilan ajralib turadi. Xususan, AQŞ işçi kuçini kengaytiriş uçun migrantlar oqimiga tayanişda davom etmoqda — çegara nazorati haqidagi siyosiy bahslarga qaramasdan. AQŞning amaldagi iqtisodiy qonunçiligi va saylovoldi munozaralari migratsiya mamlakat aholisi uzoq muddatli ösişining hal qiluvçi omillaridan biri bölib qolişini körsatmoqda.

Okeaniya aholi soni jihatidan hali ham kiçik bölib qoladi, ammo ösişni davom ettiradi va şu bilan birga iqlim özgarişiga boğliq öziga xos muammolarga duç keladi. Dengiz sathining kötarilişi Tinç okeanidagi bir qator orol davlatlarga tahdid solmoqda, bu esa asr oxirigaça bölgan davrdan ança oldin köçiriş va migratsiya koridorlarini yaratiş haqidagi bahslarni keltirib çiqargan.