Har bir yadroviy davlat grafikda nuqtalardan iborat tasvir şaklida körsatilgan. Nuqtalar soni har bir davlatdagi yadroviy qurol miqdoriga proporsional bölib, har bir nuqta 50 tagaça yadroviy kallakni ifodalaydi.
Grafik uç yilni qamrab oladi — 1963, 1985 va 2023 yillarni. Bu yillarda dunyo miqyosida yadroviy qurol ustidan nazorat va ularni qisqartirişga oid muhim voqealar yuz bergan.
The New York Times eslatişiça, 1963 yilda davlatlar Yadroviy sinovlarni qisman taqiqlaş töğrisidagi şartnomani imzolagan. U hujjatga köra, yadroviy qurol sinovlarini atmosferada, kosmik fazoda va suv ostida ötkaziş taqiqlandi.

1985 yilda esa Jyenevadagi sammitda Qöşma Ştatlar va Sovet Ittifoqi yadroviy uruşni «yutuqqa erişiş mumkin bölmagan uruş» deb e’tirof etdi va bunday uruşni umuman olib boriş mumkin emasligi haqida kelişib oldi.
2023 yilda Rossiya strategik hujumkor qurollar sonini çeklaydigan Strategik hujumkor qurollarni qisqartiriş töğrisidagi şartnoma amal qilişini töxtatib turişini ma’lum qildi. Mazkur şartnoma qaysi miqdorda yadroviy qurollar joylaştirilişi mumkinligini çeklar edi.
Eng köp yadroviy qurol Rossiya va AQŞ tasarrufida, biroq boşqa bir qator davlatlar ham unga ega. Yirik yadroviy barqudrat davlatlar 1985 yildan beri kallaklar sonini sezilarli darajada qisqartirgan, ammo şu vaqt içida Hindiston, Pokiston va Şimoliy Koreya (KXDR)da ham yadroviy qurol paydo böldi.
Bundan taşqari, Isroil va Xitoy qisman bölsa-da, yadroviy kallaklar zaxirasini oşirgan.
2023 yil holatiga köra, yadroviy kallaklar soni böyiça yetakçilikni Rossiya saqlab qolgan — 4489 ta. Undan keyingi örinda AQŞ turibdi — 3708 ta kallak.
Xitoyda yadroviy kallaklar soni 410 taga yetgan. Fransiya ixtiyorida 290 ta, Buyuk Britaniyada — 225 ta kallak bor.
Pokistonda — 170 yadroviy kallak, Hindistonda — 164, Isroilda — 90, Şimoliy Koreya (KXDR)da esa taxminan 30 ta kallak mavjud.
Infografika şu özgarişlarning yarim asrdan ortiq vaqtda qanday keçganini körsatib, yadroviy klubga yangi a’zolar qöşilayotganiga va ayrim davlatlar zaxiralarni qisqartirayotgan bir paytda, boşqalarniki esa ortmoqda, degan tendensiyani oçiq-oydin namoyon qiladi.












