Ma’lumki, işning közini biladigan dehqonlar intensiv boğ yaratib, bir gektardan 50 ming dollargaça hosil olmoqda. Şundan kelib çiqib, bunday boğlarni keskin köpaytiriş va yerga munosabatni tubdan özgartiriş muhim ekani ta’kidlandi.

Ayni vaqtda respublikada 90 ming gektar eskirgan va kam hosilli boğ-tokzorlar mavjud. Eski boğlardan olinayotgan hosil köp hollarda gektariga 10 tonnaga ham yetmaydi. Şu bois, yangi boğ va tokzorlarni taşkil etiş, mavjudlarini yangilaş böyiça uç yillik dastur qabul qilinadi.

Prezident tomonidan boğdorçilik xöjaliklari uçun quyidagi yangiliklar e’lon qilindi:

  • Agrosanoatni rivojlantiriş jamğarmasidan intensiv boğ taşkil qiliş uçun 7 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan, 14 foizli kredit beriladi;
  • tadbirkorlik kompaniyasi tomonidan muzlatkiçli ombor quriş uçun kredit foizining asosiy stavkadan oşgan 8 foizgaça qismi qoplab beriladi;
  • Savdoni rivojlantiriş kompaniyasi sabzavot eksportçilari va boğbonlarga qadoqlaş xarajatining 50 foizini kompensatsiya qiladi;
  • sertifikatlangan köçat sotib oliş xarajatining 50 foizi davlat budjeti hisobidan tölanadi;
  • meva turiga qarab şpalerlar uçun fermerlarga har gektar uçun 20 ming sömdan 70 ming sömgaça subsidiya ajratiladi.

Şuningdek, paxta va ğallada bölgani kabi meva-sabzavot yönalişidagi fermerlar uçun ham arzonlaştirilgan narxda mineral öğit va yoqilği xarid qiliş imkoniyati yaratilişi belgilandi.

Uşbu çora-tadbirlar orqali boğdorlik rivojini yangi bosqiçga olib çiqiş, içki bozorni sifatli meva-sabzavot bilan ta’minlaş va eksport hajmini oşiriş közda tutilmoqda.