Bu olamning qonunlari boşqaça işlaydi. Qaysidir taklifni rad etiş öz ma’nosida emas, sadoqat ham butunlay boşqa narsalarga işora qiladi. Bu toifa insonlarning sukunati qörqinçli, ta’siri boşqa ölkalarga ham yetib boradi. Va eng asosiysi, bu qudratning öz badali, tölovi bor. Bugun “5 daqiqa”da Mario Pyuzoning “Çöqintirgan ota” romani haqida gaplaşamiz.
“Çöqintirgan ota” XX asrning eng nufuzli asarlaridan biri sifatida nafaqat mafiya hayoti, balki Amerika jamiyatining qoronği mexanizmlarini oçib beradi.
Asar qahramoni Vito Korleone. U Sitsiliyadagi zulmdan qoçgan muhojir sifatida Nyu Yorkka kelgan. Oğir turmuş, muhtojlik, mayda kriminal tuzilmalar nazorati Vitoning hayot yölini belgilaydi. U jinoyat yölini tanlamaydi, balki muhit uni şu yölga moslaştiradi. Uning qudrati zöravonlikdan emas, balki odamlarning ustidan ta’sir ötkaziş qobiliyatidan, har bir kişiga xizmat qilib, evaziga sadoqat talab qilişdan kelib çiqadi. Mana şu “qarz” tizimi orqali Vito öz atrofida qudratli imperiya barpo qiladi.
Korleone oilasidagi töy manzarasi juda qiziq. Öşa lavhada mafiya dunyosidagi aloqalar, özaro hisob-kitoblar, siyosiy kelişuvlar, qonunni çetlab ötiş mexanizmlari haqida gap boradi. Bu sahnada asar qahramonlarining xarakteri namoyon böladi. Katta öğil Sonnining qiziqqonligi, oilaning advokati Tom Xeygenning mulohazakorligi, kiçik öğil Mayklning hali oila biznesidan uzoqda turib, yölini erkin tanlaşga intilayotganiga guvoh bölamiz.
Muhit mafiyalarni yaratadi
Mafiya yetakçilaridan biri Solotssoning narkotik biznesiga kiriş taklifi voqealarni rivojlantiradi. Karleone bu taklifni rad etadi. Narkotikning siyosiy va ijtimoiy xavfi katta ekani, davlat bunday biznesni qöllab-quvvatlamasligini aytadi. Ana şunda mafiya olamidagi munosabatlar izdan çiqadi. Vitoga qilingan suiqasd nafaqat oilaga zarba beradi, balki jamiyatda tinçlikni buzadi. Holat Vito Korleone klanini zaiflaştirgandek körinsa-da, bu voqea kiçik öğil Mayklni maydonga olib kiradi.
Maykl Korleone psixologik jihatdan murakkab qahramon. U dastlab mafiyadan uzoq turişni, tinç hayot keçirişni istagan yigit edi. Biroq u mafiya Solotsso va politsiya xodimini öldiriş orqali “qaytib bölmas yöl”ni tanlaydi. Maykl şu harakati bilan mafiya qonunlarini qabul qiladi.
Uning Sitsiliyaga surgun qilinişi muhim ramziy ahamiyatga ega. Bu muhitda u nafaqat özining tarixiy ildizlarini, balki mafiya madaniyatining asl mohiyatini köradi. Mahalliy odatlar, hurmat, qon olib qon qaytariş an’analari uning xarakterini şakllantiradi. Bir vaqtda Nyu Yorkda keçayotgan voqealar – akasi Sonnining öldirilişi, oilaviy tuzilmaning tanazzuli Mayklni özga insonga aylantiradi.
Qudrat qurbonlik talab qiladi
Maykl Karleone oila va öz tarafdorlarini himoya qiliş uçun harakat qiladi. Uning boşqaruv uslubi otasinikidan farq qilardi. Maykl hayotga strategik, matematik qaraydi. Hamma raqiblari, xiyonatçilar va xavf soluvçi figuralarni bir vaqtda yöq qilib, haqiqiy “don”ga aylanadi.
Çöqintirgan ota vafotidan söng mafiya olamini öğil boşqaradi.
Bu jarayon romandagi eng falsafiy nuqta. Maykl öz oilasini himoya qiliş orqali asta-sekin öşa oilasidan uzoqlaşadi. Xotini Key bilan munosabatdagi sovuqlik, yolğon va ikkiyuzlamaçilik uning insoniy sifatlarini, oilaga nisbatan işonç va muhabbatini susaytiradi.
Yozuvçi mafiyani oqlamaydi ham, qoralamaydi ham. U mafiyani jamiyatning özi yaratayotgan murakkab mexanizm sifatida körsatadi. Qonunsizlik – qonunning zaifligidan, jinoyat – hokimiyatning masxarabozligidan paydo böladi. Vito va Maykl oilasini himoya qilişni jinoyat orqali amalga oşirsa-da, ularda insoniylik, sadoqat, muhabbat kabi hislar kuçli edi.
Kitob nafaqat mafiyani, balki hokimiyatning inson ruhini qanday özgartirişi, oilaviy qadriyatlar qanday qilib qudrat öyinida qurbon bölişini hikoya qiladi. Asar söngida Korleone oilasi kuçli körinadi, ammo bu kuçning evaziga qaçonlardir muqaddas bölgan oila boy berilgandi.
Hokimiyat şunday, insonni yöq qiladi, lekin inson uni baribir qölga kiritişga intilaveradi. Bu qoida hamişa amalda bölgan!
Isomiddin Pölatov











